Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Kontraktatsiya shartnomasi


Download 0.74 Mb.
bet34/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Kontraktatsiya shartnomasi -qishloq xoʻjaligi sohasidagi oldi-sotdi shartnomasi turlaridan biri. Unga koʻra, qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtiruvchi shaxs oʻz mahsulotini qayta ishlash yoki sotish uchun harid qiladigan tayyorlovchiga shartla-shilgan muddatda topshirish, tayyorlovchi esa bu mahsulotni qabul qilish, haqini shartlashilgan muddatda muayyanbahoda toʻlash majburiyatini oladi. Kontraktatsiya shartnomasi paxta, gʻalla, jun, pilla, meva-sabzavot va shu kabi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yuzasidan tuziladi. Bozor munosabatlari tizimida Kontraktatsiya shartnomasi agrar sohada iqtisodiyotni rivojlantiruvchi eng qulay yuridik vositadir. Uning anʼanaviy oldi-sotdi shartnomasidan farqi shundaki, Kontraktatsiya shartnomasida haridor va sotuvchi oʻrtasida uzoq muddatli shartnomaviy aloqalar mavjud boʻladi, bu mavsumiylik bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligida mahsulot ishlab chiqaruvchini oʻz mahsuloti haridori bilan oʻzaro hamkorlikda boʻlishini taqazo etadi. Mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qati nazar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini harid qiluvchi tashqilot, korxonalar (tayyorlov, savdo, qayta ishlovchi va boshqalar) bilan-qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, shirkat, fermer (dehqon) xoʻjaliklari mazkur shartnoma ishtirokchilari hisoblanadi. Agar qishloq xoʻjaligi mahsuloti davlat ehtiyoji uchun harid qilinsa, u holda qishloq xoʻjaligi korxonasi, tayyorlovchi va ularga xizmat qiluvchi banklar shartnoma subʼyektlari boʻladi. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi: mahsulot nomi, assortimenti, miqdori (mahsulot turlari boʻyicha), sifati, narxi, shartnomaning umumiy summasi, yetkazib berish tartibi va shartlari, mahsulotni topshirish, qabul qilish punktlari va davrlari (muddatlari), hisob- kitoblar tartibi, shartnoma shartlarini buzganlik uchun javobgarlik va h.k. Shartnoma 1—5 yilgacha muddatga tuziladi. U qishloq xoʻjaligi korxonasi joylashgan joyda, 3 nusxada tuziladi va imzolanadi. Kontraktatsiya shartnomasini tuzish, ijro etish va taraflarning javobgarligi boʻyicha munosabatlar OʻzR Fuqarolik kodeksining 465—467-moddalari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 avg . da 438- sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisida nizom" bilan tartibga solinadi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling