Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Ish yuritishni takomillashtirish yo'llari


Download 0.74 Mb.
bet32/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Ish yuritishni takomillashtirish yo'llari. Korxonalarda ish yuritishni takomillashtirishda xodimlar foliyatiga ilmiy asoslangan usullarni joriy qilishdir. Hujjat tuzishni o'rgatish maxsus ta'lim tizimida eng dolzarb masaladir. Idora xodimlarini tayyorlash va ular malakasini oshirish kurslarini hamma joyda tashkil qilish zarur. Kollej va oliy o'quv yurtlarida hujjat tuzishga oid maxsus kurslar joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Ish yuritish holatini yaxshilash uchun ish yuritish bo'linmalarini (umumiy bo'limlar, devonxonalar, kotiblar va hokazo) tashkil qilishni yaxshilash, lavozimlarning aniq nomenklaturasini, turli kategoriyadagi korxona va muassasa uchun lavozimlar soni me'yorlarini ishlab chiqish lozim.
Ish yuritish sohasida mehnat unumdorligini oshirish hujjat tuzish va ishlash, shuningdek, axborot olish jarayonlarini mexanizatsiyalash yo'li bilan amalga oshirilmog'i kerak. Hujjat ustida ishlashning ko'pgina jarayonlari uchun texnika vositalardan foydalanish kerak.
Hujjatlar turlari va nushasini talab bo'yicha kamaytirish ish yuritishni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa xar xil hujjatlarni ma'lumotnoma, yozma ma'ruza, bildirishnomalarni tayyorlashga taalluqlidir. Bu hujjatlarni iloji bo'lsa og'zaki, ma'ruza, farmoyish, xabarlar bilan almashtirilishi kerak. Ayrim hollarda yangi hujjat tayyorlash o'rniga hujjatni tegishli ustxat bilan qaytarish yoki telefonogramma berish bilan cheklanish mumkin.
Boshqaruv xodimlari vaqtini tejash uchun standart hujjatlardan kengrok foydalanish kerak. Shuning uchun xatlar namunaviy matnlari bo'yicha maxsus tematik to'plamlar ishlab chiqish va ularni chop etish zarurdir.
Amaliyotdan va har qanday tajribalardan ko'p narsani o'rganilmoqda. Bu o'z navbatida ishni to'g'ri tashkil etish va tartibga solishga alohida ahamiyat berilmoqda. Respublikada amaliyotdan foydalanish katta samara keltirishini yapon tajribasidan foydalanidi. Undan tashqari, ijtimoiy-madaniy sharoit, milliy an'analar, kattalarga hurmat, qonun-qoidalarga, tartib-intizomga rioya qilish azaldan boshlab yapon va o'zbek xalqlariga mansubdir. Yapon tajribasining ustunligi – agar hujjatlar tuzishda xatolikka yo'l qo'yilsa, rahbar tamonidan kim aybdorligini aniqlash noto'g'ri deb hisoblaydi. Asosiy maqsad aybdorni topish emas, balki tezroq yo'l qo'yilgan xatoning sababini aniqlashdir. Shunday qilib,bozor iqtisodiyoti sharoitida qonuniy va me'yoriy hujjatlardan foydalanib, korxona hujjatlarini hujjatlashtirishda ish yuritishni to'g'ri tashkil qilishdan iborat.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling