Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"
Jamiyatning nomi, joylashgan joyi, yuridik maqomi va huquqlari
Download 0.74 Mb.
|
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish
Jamiyatning nomi, joylashgan joyi, yuridik maqomi va huquqlari.
• to'liq nomi - «O‘zkimyosanoat» Aksiyadorlik jamiyati; • qisqacha nomi - «O‘zkimyosanoat» AJ. Jamiyatning pochta manzili: 100011, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Navoiy ko'chasi, 38-uy. Jamiyatning elektron pochta va veb-sayti manzili: uzkimyosanoat@uks.uz, info@uzkimyosanoat.uz, www.uzkimyosanoat.uz Jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi va o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Ustav asosida olib boradi. Jamiyat o'zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega, o'z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lish mumkin. Jamiyat tomonidan tasdiklangan Nizom asosida filiallar va vakolatxonalar tashkil kilinishi mumkin. Jamiyat yuridik shaxs xukuklariga ega bulgan shu'ba va tobe jamiyatlariga ega bulishi mumkin. Shu'ba yoki tobe jamiyatlari va Jamiyat orasidagi uzaro munosabatlar amaldagi konunchilik va ushbu Ustav bilan tartibga solinadi. Jamiyat belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqaridagi bank muassasalarida hisob va boshqa raqamlariga, o'zining mustaqil balansiga, davlat tilida o'zining to'liq nomi yozib ko'rsatilgan dumaloq muhriga ega. Jamiyat o'z nomi yozilgan shtampi va blankalariga, o'z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan tovar nishoniga hamda boshqa o'z belgi-alomatlariga ega. Jamiyatning faoliyat muddati cheklanmagan. Jamiyat o'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega: - Jamiyat vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha me'yoriy dalolatnomalar loyixalarini o'rnatilgan tartibda O'zbekiston Respublikasi Xukumatiga ko'rib chiqish uchun kiritish. - Jamiyat vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha tarmoq me'yoriy dalolatnomalari, uslubiy hujjatlarni (texnologik reglament, standartlar, xarajat me'yori, yo'riqnoma xatlari, uslubiy ko'rsatmalar, tushuntirishlar va boshqa) o'rnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash xuquqiga ega. - Kimyo sanoatini rivojlantirish o'rta va uzoq muddatli dasturlarining bajarilishini ta'minlaydigan Jamiyat qatnashchilarining yillik ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. - Tarmoq sanoat ob'ektlarini qurilishiga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Xukumati kafolati bilan va shu jumladan O'zbekiston Respublikasi Investitsion Dasturiga kiruvchi horijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan ham o'tkaziladigan, texnik vazifalar, texnik shartlarni, o'rnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash. - Jamiyat qatnashchilari – korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini kiritish, chiqarish va konservatsiya qilish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Xukumatiga o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqish uchun kiritish. - Jamiyat qatnashchilari – korxonalar va tashkilotlar tugatilgan qurilish ob'ektlarini foydalanishga qabul qilish bo'yicha Davlat Komissiyasining tarkibini va dalolatnomasini tasdiqlash. - Kimyo sanoati korxonalarining kengaytirishga, qayta qurishga, texnik qayta qurollantirishga bo'lgan investitsion loyihalarning texnik – iqtisodiy asoslarini, texnik – iqtisodiy hisoblarini ko'rib chiqish va tasdiqlash. - Markazlashgan tartibda ajratiladigan energiya, xom – ashyo va materiallarga bo'lgan resurslar tarmoqlarini o'rnatilgan tartibda Jamiyatning korxonalari va tashkilotlariga taqsimlashni amalga oshirish. - Jamiyat qatnashchilari – korxonalar va tashkilotlarida mexnat shartnomasiga asosan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar bilan mexnat munosabatlarini muvofiqlashtirishda, yagona kadrlar siyosatini yuritishni amalga oshirish. - Jamiyat qatnashchilari faoliyatining mazmuni bo'lgan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha eksport – import operatsiyalarini mustaqil ravishda yoki jamiyatning maxsuslashtirilgan tashqi iqtisodiy firmalari orqali amalga oshirish. - Mustaqil ravishda, shuningdek manfaatdor firmalar va jamiyatlar ishtirokida ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi iste'mol qilinadigan xomashyo va tayyor mahsulotlar nomenklaturasi bo'yicha xo'jalik aloqalarini tashkil qilishda ta'minot – sotish va vositachilik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan Respublika xududida va uning tashqarisida jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun xomashyo va materiallarni sotib olish. - Jamiyat vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha xorijiy davlat va nodavlat, hamda xalqaro tashkilotlar bilan o'rnatilgan tartibda xamkorlikni amalga oshirish. - O'z vakolatlari chegarasida boshqaruv samaradorligini va korxona va tashkilotlar, jamiyat qatnashchilari ma'suliyatlarini oshirish maqsadlarida boshqaruvning kollegial organlarini tuzish va vakolatlar berish. - O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida va hukumatning qarorlarida ko'zda tutilgan boshqa xuquqlarni amalga oshirish. X U L O S A Xulosa qilib aytganda, korxonalarda har bir qadamni hujjatlashtirish muhim ahamiyatga ega. Amaliyot davomida korxonaning har bir bo’limlari bilan yaqindan tanishganimizda registrlardagi turli hisobotlar, hujjatlar bilan yaqindan tanishdik. Korxonaning kadrlar bo’limi va buxgalteriya bo’limlari bilan yaqindan tanishdik, hujjatlar bilan ishlashni, shartnomalar tuzishni, hujjatning har bir bandi bilan yaxshilab tanishib, barcha bandini qonunda belgilangandek tayyorlashni o’rgandik. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling