Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet2/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Agrar munosabatlar deganda biz, qishloq xo'jalik mahsulotlarini ekish, yetishtirish, ishlov berish, yig'ib-terib olish, xom-ashyo mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, ayirboshlash, daromadni taqsimlash bilan bog'liq agrosanoat majmui jarayonida sub'ektlar hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va tashkiliy-texnikaviy jabhalardagi faoliyatni tushunamiz.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, qishloq xo'jalik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo'lib, ularni agrar-huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ishtiroki, harakat doirasinng hajmi, mazsuniga ko'ra quyidagicha tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin:
1. Qonun hujjatlarini qabul qilish, tasdiqlash bo'yicha vakolatli davlat organlari va yuridik kuchi bo'yicha qonun osti hujjatlariga bo'linadi. Qonunlar esa o'z navbatida asosiy qonun – Konstitutsiya; kodifikatsiyalagan – Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi; umumiy-mulkchilik, ijara qonunlari, ihtisoslashgan – dehqon xo'jaligi, fermer xo'jaligi to'g'risidagi qonunlarga bo'linishi mumkin. Qonun osti hujjatlari o'z ta'sir darajasiga ko'ra esa umumiy, ihtisoslashgan va funktsional ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
2. Qonunchilik hujjatida shaxslarning erkini ifoda etish nuqtai nazaridan tashqi xo'jalik va ichki xo'jalik qonunchilik hujjatlaridan iborat bo'ladi. Tashqi xo'jalik qonunchilik hujjatlari agrosanoat majmui tizimida faoliyat yuritayotgan korxona korxona, tashkilot, muassasalarning bir-biri bilan, davlat hokimiyati va boshqaruvi bilan bog'liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ichki xo'jalik me'yoriy hujjatlari esa ma'lum bir qishloq xo'jalik ishlab chiqarish sub'ekti, ya'ni qishloq xo'jalik shirkati yoki davlat xo'jaligi doirasidagi ichki ishlab chiqarish munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.
3. Agrar munosabatlarni tartibga solish ta'siri darajasiga ko'ra imperativ, dispozitiv sanktsiyalashgan va tavsiya ahamiyatiga ega bo'ladi.
Qishloq xo'jalik huquqi manbalarining yuqoridagi ko'rsatilgan belgilar bo'yicha tasniflash ushbu manbalarning xilma-xilligi va murakkab tizimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Demak, qishloq xo'jalik huquqining manbalari bo'lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi:
1. O'zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi;
2. O'zbekiston Respublikasining Qonunlari;
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
4. Agrar sohada maxsus vakolatli davlat organlari, ya'ni vazirlik, davlat qo'mitasi va idoralarning me'yoriy hujjatlari;
5. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining me'yoriy hujjatlari;
6. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ma'qullangan qishloq xo'jalik shirkatlari uyushmalari, tashkilotlarning hujjatlari;
7. Qishloq xo'jalik korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining lokal ahamiyati, ya'ni ichki xo'jalik hujjatlari.
Qonunchilik hujjatlari tizimi asosan, birinchidan, konstitutsiyaviy qoidalar, ikkinchidan, qonunlar majmui, uchinchidan esa, qonun osti me'yoriy ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlar, ya'ni farmon, qaror, nizom, yo'riqnoma, ustav va boshqalardan iborat bo'lishi ko'zda tutilgan.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling