Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet8/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo'ladi. Ularda korxona faoliyatining turli masalalari bilan bog'liq, talab, iltimos, taklif, kafolat xatlari kiradi.
Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha. Respublika xalq xo'jaligi tarmog'ida mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakllandi. Ishlab chiqaruvchi, xizmat ko'rsatuvchi ko'plab korxonalarni mustaqillikdan keyin qayta ro'yxatdan o'tkazish va tashkil etish jarayoni davom etmoqda. Korxonalarni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining ahamiyati kattadir. Tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish hujjatlaridan amaldagi tartib bo'yicha to'liq foydalanadi.
Korxonaning ustavi – korxonaning faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatdir. Ustavni tuzishda quyidagi hususiyatlarga asosan ishlab chiqiladi. Bunda, korxonaning nomi va joylashgan manzili, faoliyat sohasi va maqsadi, korxonaga kirish va undan chiqish tartibi, korxona tarkibi va a'zolar soni, huquq va majburiyatlari, boshqaruv organlari, shakllanishi va vakolatlari, jamg'armasi, mehnatga haq to'lash, daromadi va uni taqsimlash, qayta tashkil etish va tugatish tartibini o'z ichiga oladi. Korxonaning ustavi muassislar tomonidan ta'sis yig'ilishida qabul qilinadi. Unga o'zgartishlar kiritish korxonaning umummajlisida kiritiladi. Ustav davlat organidan ro'yxatdan o'tadi.
Tashkiliy hujjatlarga nizom, ustav, majlis bayoni, shartnomalar kiradi.
Nizom bu korxona yoki uning tarkibiy bo'linmalarining tuzilishi, huquqi vazifalari, burchlari, ishni qanday tashkil qilish tarkibini belgilaydigan huquqiy hujjatdir. Nizom korxonalarni ta'sis etish va tashkil topish paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar tomonidan farmoyish bilan tasdiqlanadi. Korxonalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va korxona rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxati (viza) qo'yish bilan kuchga kiradi.
Yo'riqnoma- qonun yoki boshqa me'yoriy, huquqiy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Yo'riqnoma matni bo'limlardan tarkib topib, bo'limlar, modda va bandlarga bo'linishi mumkin. Yo'riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb xam yuritiladi. Yo'riqnomaning maqsadi ochib beriladi. Unda hujjatlarga rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va boshqa masalalar ko'riladi. Matnning asosiy qismida aniq ko'rsatma beruvchi “lozim”, “kerak”, “zarur”, “yo'l qo'yilmaydi”, “mumkin emas” kabi so'zlar qo'llaniladi.
Yo'riqnomalar tarkibida xodimning lavozimi yo'riqnomasi alohida o'rin egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifasi, burchi, huquqi, boshqa xodimlar bilan munosabati, ishni baholash mezoni va xodimning mas'uliyati ko'rsatiladi. Lavozim yo'riqnomasini rahbar tomonidan ishlab chiqiladi. Uni bo'lim mudiri yoki korxona rahbari tasdiqlaydi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling