Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


(namuna) T I L X A T


Download 0.74 Mb.
bet6/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

(namuna)


T I L X A T

Men, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutining xo'jalik ishlari bo'limining mudiri Dilmurod Inog'omov Toshkent musiqa asboblari korxonasining tayyor buyumlar ombori mudiri Aziz Ziyoyevdan institut buyurtmasi asosida tayyorlangan, umumiy bahosi 800 000 ( sakkiz yuz ming ) so'm bo'lgan 10 (o'n) dona rubobni qabul qilib oldim.


2019.01.06. (imzo) D.S.Inog'omov.
Tushuntirish xati – xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo'lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo'llanuvchi hujjatdir.
Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat bo'ladi:
1. Hujjat yo'llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to'liq nomi;
2. Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to'liq nomi;
3. Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati);
4. Hujjat matni (mazmuni);
5. Imzo;
6. Sana (hujjat yozilgan vaqt).
(namuna)

TIMI Rektori prof.


T.S.Xudoyberdiyevga
“Iqtisodiy nazariya asoslari”
kafedrasining ilmiy xodimi
S.Oripovning
T U S H U N T I R I S H X A T I
Institut intizom komissiyasi tekshirgan paytda (soat 14:00 ga yaqin) men institutda yo'q edim. Chunki gazeta redaktsiyasi meni bosilajak maqolam tahriri munosabati bilan chaqirtirilgan edim. Tushlik vaqtidan foydalanib, soat 12:30 dan 14:00 gacha redaktsiyaga borib, maqolani o'qib to'g'rilab qaytdim. Bu haqida kafedra xodimlarini xabardor qilib ketgan edim. Kelgach Sizga ham og'zaki axborot berdim.
2019- yil 18-sentabr (imzo) S.Oripov
M A ‘ L U M O T N O M A

Ma'lumotnoma tashkilot, muassasa, mahalla kabilardagi javobgar shaxslar tomonidan biror kishiga uning turar joyi, oilaviy axvoli, ish joyi, vazifasi, lavozimi kabilarni tasdiqlovchi yozib berilgan rasmiy hujjat hisoblanadi.


Ma'lumotnomada quyidagi dalillar qayd etiladi:
1. Hujjatning nomi.
2. Ma'lumotnoma kimga, nima maqsadda va qaysi tashkilotga taqdim etish uchun berilgan.
3. Sana.
4. Ma'lumotnomani bergan tashkilot, muassasa, mahalla, unga javobgar shaxsning vazifasi, ismi, familiyasi, imzosi.
5. Muhr.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling