Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet9/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Majlis bayoni ( bayonnoma) - turli yig'ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o'rni, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to'g'ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Majlis bayoni yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir.
Majlis bayoni yozib olinishiga ko'ra, qisqa, to'liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo'lishi mumkin. Qisqa majlis bayonida faqatgina kun tartibi, ma'ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko'rsatiladi.
Yig'ilish stenografiyalashtirilayotgan (stenografik) yoki magnitofon yordamida yozib olinayotgan fonografik) bo'lsa, qisqa majlis bayoni tuzilib, stenogramma raisi va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy majlis bayoniga ilova qilinadi.
Majlis bayonining asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko'ruvchi organ yoki yig'ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Majlis bayoni).
4. Yig'ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig'ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar majlis bayoni tasdiqlanishi zarur bo'lsa).
8. Yig'ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro'yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
v) eshitildi;
g) so'zga chiqdilar;
d) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo'lsa).
11. Imzolar.
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki to'xtatish yo'lidagi kelishuvidir. Shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir.
Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o'rtasida o'rnatilayotgan bo'lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling