Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Farmoyish va ko'rsatmalar haqida tushuncha


Download 0.74 Mb.
bet11/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Farmoyish va ko'rsatmalar haqida tushuncha. Korxonada turli farmoyish hujjatlarnitayyorlash bir xil tartibda olib boriladi.
Farmoyish hujjatlarining tuzish va rasmiylashtirish jarayoni korxonaning yoki ish yuritish qoidasiga yoki hujjatlar shaklining tabelida ko'rsatilishi lozim. Farmoyish loyihasini tayyorlashda hujjatning huquqiy asosini ta'minlovchi talablarga rioya etiladi. Hujjatning loyihasini tayyorlash ishlari bir yoki bir necha tizimlarga yoki alohida shaxslarga yuklanadi. Murakkab va yirik hujjatlarning loyihasini ishlab chiqarish jarayonlarida ishchi guruhlari tuzilib, mutaxasislar jalb qilinadi.
Tayyorlanayotgan hujjatlar hajmi qancha katta bo'lsa, uning tayyorlovchilarga shunchalik ma'suliyati yuqori qo'yiladi.
Hujjatlarni ishlab chiqishda huquqiy asos bo'lib, korxona rahbari va boshqaruv organlari tomonidan qo'yilgan talablar, muassasalarga qo'yilgan masalarni amalga oshirish zaruriyati, bajaruvchi va boshqaruvchi faoliyatidir.
Farmoyish- korxona rahbari hamda bo'lim rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Farmoyishlarda bajarish muddati cheklangan bo'lib, uning vazifasi bo'lim yoki ayrim mansabdor shaxslar, fuqarolarga taalluqli bo'ladi. Farmoyishning matni xuddi buyruqniki singari zaruriy qismlardan tashkil topadi. Faqat uning kirish qismida “BUYuRAMAN” so'zi o'rniga “TAVSIYa QILAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi so'zlar ishlatiladi.

(namuna)

Surxondaryo viloyat Qumqo'rg'on tumani
“Bahodir” fermer xo'jaligi
F A R M O Y I S H
10.10.2019 .y Qumqo'rg'on t. №50
“Bahodir” fermer xo'jaligi 2019 - ishlab chiqarish yilida g'alla ekishni tez kunlarda sifatli o'tkazish haqida

Qumqo'rg'on tuman hokimining 2019.06.10 dagi №32 raqamli buyrug'iga binoan, g'alla ekishni tez kunlarda sifatli o'tkazish munosabati bilan quyidagilarni TAVSIYA ETAMAN:


1. G'alla ekishni tez kunlarda sifatli o'tkazishni tashkil etish komissiyasiga bosh hosilot M. Javlonov, bosh muhandis H. Ozodbekov kiritilsin.
2. Xo'jalikda foyda bermaydigan mol-mulk texnikalarni safdan chiqarish maqsadida komissiyaga bu boradagi aniq takliflarni ishlab chiqish topshirilsin. Muddat 25-dekabr. Mas'ul komissiya raisi T. O’lmasov
Xo'jalik rahbari (imzo) M.S.Aliyev
Korxonalarda ko'rsatma – xabar, sifat metodik tusdagi masalalar shuningdek buyruqlar, yo'riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog'liq bo'lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjatdir. Ko'rsatmaga birinchi bo'lib rahbar bosh muhandis ularning o'rinbosarlari imzo chekish huquqiga ega. Ko'rsatma korxonaning xos ish qog'oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asos qismida, falon “maqsadda”, falon “buyruqdan bajarish uchun” kabi taomilga kirgan iboralar qo'llaniladi va “YUKLAYMAN”, “TAVSIYA ETAMAN” so'zlari bilan farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa “TAVSIYA ETAMAN” so'zi qo'llanadi. Ko'rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o'xshash bo'ladi.



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling