Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"
Download 0.74 Mb.
|
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyruq va uning turlari
(namuna)
Surxondaryo viloyat Qumqo'rg'on tumani “Bahodir” fermer xo'jaligi K O' R S A T M A 2019.10.10. Qumqo'rg'on tuman №45 Agrokimyo shahobchasidan samarali foydalanishni yaxshilash haqida “Baxtiyor ” fermer xo'jaligi o'g'itlardan samarali foydalanish haqida 2019- yil 12-fevraldagi №12 raqamli buyrug'iga binoan xo'jalikning paxtachilik tarmog'ini rivojlantirish uchun Navoiy viloyatidan fosforli o'g'itlar olib kelingan. Azotli va kaliyli o'g'itlardan samarali foydalanilmoqda. Lekin fosforli o'g'itlardan talab bo'yicha foydalanilmagan. Shuning oqibatida g'o'zaning rivojlanishi yaxshi emas. Shu munosabat bilan shahobcha boshlig'i o'rtoq M.X.To’rayevga quyidagilarni YUKLAYMAN: 1. Agrokimyo shag'obchasi boshlig'i fosforli o'g'itlarni g'o'za parvarishiga ishlatish choralarini ko'rsin. 2. Fosforli o'g'itlarni ishatish texnologiyasini o'rganish uchun Navoiy shahriga xizmat safariga jo'natish uchun aniq tavsiya bersin. Xo'jalik rahbari (imzo) A.B. Muxtorov Buyruq va uning turlari. Buyruq rahbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir. Buyruq hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko'rsatma kiradi. Buyruq doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan, ko'rsatma va farmoyishlar esa rahbar muovinlari tomonidan tayyorlanadi. Buyruqlarning bir qancha turlari mavjud bo'lib ularga: umumiy masalalar bo'yicha; shahsiy tarkib bo'yicha; asosiy faoliyat bo'yicha tayyorlangan buyruqlar kiradi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo'limlari faoliyatini tartibga solishda qo'llaniladi. Ularda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko'rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanadi, mas'ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chiqqan joyning nomi, sarlavhasi, buyruq matni, rahbar yoki o'rinbosar imzosi va hokazo. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so'zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko'rsatish mumkin. Buyruqda adliya maslahatchisi imzosi ham bo'lishi kerak. Adliya maslahatchisi buyruqni imzolashda quyidagilarga e'tibor beradi: buyruqni rasmiylashtirishda oldiga qo'yilgan maqsadga to'g'ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga, hukumat qarorlariga muvofiq kelishi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo'qligi yoki ularning qisman takrorlanishi va boshqalar. Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo'yiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan ko'zlangan maqsad, shart-sharoitlari, sabablari ko'rsatiladi. Asos qilib olinayotgan buyruqqa ilova qilinadi. Ayrim hollarda buyruqka asos bo'lgan hujjat, uning farmoyish qismiga tegishli bandida ham ko'rsatiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling