Tasdiqlovchi hujjatlar – korxonada ma'lum bir xo'jalik operatsiyasining amalga oshirilganligini isbotlaydi. Shuning uchun ham bunday hujjatlar tasdiqlovchi hujjatlar deyiladi. Xo'jalik operatsiyasini bajargan xodimga isbotlovchi yozma huquq beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlarga dalolatnoma, qabul qilish kvitantsiyasi, asosiy vositalarni qabul qilish dalolatnomasi, ombor mudirining hisobotlari, schet-fakturalar kirishi mumkin.
Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlar – farmoyish va tasdiqlovchi hujjatlarning hususiyatlarini o'zida ifodalaydigan hujjatlarga aytiladi. Bunday hujjatlar ayrim hollarda farmoyishli-tasdiqlovchi hujjatlar deb ham ataladi. Ular bir vaqtda xam farmoyish, xam tasdiqlovchi hujjatlar vazifalarini o'taydi. Kombinatsiyalashtirilgan hujjatlarda xo'jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun berilgan topshiriq uning bajarilganligi to'g'risida hisobot bo'lishi kerak. Bunday qulaylik korxona xo'jalik faoliyatini nazorat qilishni va hujjatlarning ma'lumotlarini tekshirishni osonlashtiradi.
Buxgalteriyada rasmiylashtirish hujjatlari – korxonalarda sodir bo'layotgan xo'jalik operatsiyasini amalga oshirishga asos bo'la olmaydigan buxgalteriya hisobi reyestrlariga yozish uchun tuzilgan ayrim hisob-kitob va ma'lumotlarga aytiladi. Bunday hujjatlarga buxgalteriya ma'lumotnomalari, ammortizatsiya ajratmalarini hisoblash vedomostlari, maxsus fondga ajratmalar, foydani taksimlash hisob-kitoblari, mahsulot tannarxini kalьkulyatsiya qilish vedomostlari va boshqa buxgalteriya xodimlari tomonidan rasmiylashtirish hujjatlari kiradi.
Axborot hujjatlari – xo'jalik rahbariga taalluqli davlat va nazorat idoralariga zarur axborot ma'lumotlarini beradi. Bunday hujjatlarga korxonaga mol yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar, mol-mulkning bahosi bo'yicha me'yorlari va boshqa hujjatlar kiradi.
Buxgalteriya hisobining hujjatlari tuzilish tartibiga muvofiq dastlabki va yig'ma hujjatlarga bo'linadi.
Dastlabki hujjatlar – xo'jalik operatsiyasi bo'lgan vaqtda tuzilgan hujjatga aytiladi. Chunki xar bir xo'jalik operatsiyasi amalga oshirilganda hujjatlashtiriladi. Bunday hujjatlarga kassaning kirim va chiqim orderlari, talabnoma-yuk xati, naryadlar, yo'l varaqalari, dalolatnoma va boshqa hujjatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |