Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi


Download 0.74 Mb.
bet18/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Buxgalteriya hujjatlarini saqlash tartibi. Korxona faoliyati bo'yicha olib borilgan hujjatlar doimo nazoratda va tartib bilan saqlanishi kerak. Ayniqsa korxonaning hujjatlari, hisob registrlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari albatta arxivga topshirilishi kerak. Arxivga topshirishga qadar buxgalterriyada maxsus xonalarda yoki shkaflarda bosh hisobchi tomonidan qo'yilgan shaxsning javobgarligi ostida saqlanadi. Arxivga topshiriladigan hujjatlar avval ekspertiza qilinib, tartibga keltiriladi. Kassa orderlari, bank hisobotlari, bank ko'chirmalari va ularga tegishli hujjatlar hamda saqlanish muddati o'n yildan ko'p bo'lgan hujjatlar arxivga muqovalangan holda topshiriladi. Saqlanish muddati o'n yildan kam bo'lgan hujjatlarni ish papkalarda varaqlari raqamlanmagan va hujjatlar ro'yxati tuzilmagan holda arxivga topshirish mumkin. Buxgalteriyada hujjatlarning yetarli ekanligiga korxonaning bosh hisobchisi javobgar bo'ladi. Shuning uchun buxgalteriyaga bog'liq masalalarni bosh hisobchi hal qiladi.
Korxonalarning yillik hisoboti, yig'ma hisobot, ularga berilgan tushuntirish xatlari, yillik buxgalteriya hisobotini ishlab chiqish va uning tahliliy jadvallari, yillik buxgalteriya hisobotini ko'rib chiqish va tasdiqlash bo'yicha materiallar (buyruq, majlis bayoni va boshqalar) doim saqlanadi. Ishchi va xizmatchilarning shahsiy hisobi 75 yil saqlanadi.

  • Imorat va inshootlar hisobi bo'yicha daftar va kartotekalar hamda ularni yo'qlama qilish haqidagi ma'lumotlari o'n yil saqlanadi.

  • Bosh daftar va jurnallar, korxonalarning moliyaviy xo'jalik faoliyati bo'yicha taftish dalolatnomalari va ularga tegishli ma'lumotlar besh yil saqlanadi.

  • Kassa daftari, aylanma va yig'ma qaydnomalar, boshlang'ich hujjatlar, ishchi va xizmatchilarga ish haqi to'lash qaydnomalar, agar taftish qilingan bo'lsa, uch yil saqlanadi. Debitor va kreditor karzlar, kreditga olingan mollar uchun ishchi va xizmatchilar bilan hisob-kitoblar, bank hisobotlari, kassani tekshirish dalolatnomalari va boshqalar hujjatlar ham uch yilga saqlanadi. Shu muddatlar tugagandan so'ng maxsus kerakli hujjatlar ajratib olinib devonxonaga topshiriladi. Hujjatlarning qolgan qismi esa korxona devonxonasidan olinib dalolatnoma asosida yo'qotiladi.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling