Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari


Download 0.74 Mb.
bet20/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda suv xo‘jaligiga oid strategik davlat dasturlarini qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tasarrufiga kiradigan boshqa masalalarni hal etish.


Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi:
o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;
suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;
suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek bulg‘anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.


Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi
Suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (er usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar. Suvdan foydalanish ustidan idoraviy nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi organlari amalga oshiradilar.
Suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning ishtiroki. Suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar suvlardan va suv obyektlaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashadi. Davlat organlari bu tadbirlarni o‘tkazishda suv iste’molchilari uyushmalari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek fuqarolarning takliflarini hisobga olishi mumkin.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling