Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


Download 0.74 Mb.
bet22/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

Suv iste’moli turlari. Maqsadli foydalanilishiga ko‘ra suv iste’moli ichimlik, kommunal-maishiy, davolash, kurort, rekreatsiya, baliqchilik xo‘jaligi, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi suv iste’moliga va boshqa turlarga bo‘linadi. Suv obyektidan olinadigan suvning miqdoriga qarab suv iste’moli umumiy va maxsus suv iste’moliga bo‘linadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda o‘z shaxsiy ichimlik, maishiy, rekreatsiya, davolash ehtiyojlari, hayvonlarni sug‘orish va boshqa ehtiyojlarni qondirish maqsadidagi suv iste’moli umumiy suv iste’molidir.
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan suv iste’moli maxsus suv iste’molidir. Maxsus suv iste’moliga ayrim hollarda maxsus inshootlar va qurilmalarni qo‘llamagan holda, ammo suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etadigan suv iste’moli ham kiritilishi mumkin.
Suv resurslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda iste’mol uchun beriladi.
Suv obyektlari, avvalo, aholining ichimlik suvga bo‘lgan ehtiyojini va maishiy ehtiyojini qondirish uchun foydalanishga beriladi.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv iste’moli qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xo‘jaliklarining, shuningdek fuqarolarning sug‘oriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus iste’mol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling