Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"


O‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orish


Download 0.74 Mb.
bet25/41
Sana25.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1654629
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish

O‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orish
Ushbu Qonunning 47, 50-moddalari va 51-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan qoidalar o‘rmonlar, daraxtzorlar va ko‘chatzorlar bilan band bo‘lgan yerlarni sug‘orishga ham tatbiq qilinadi.
Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv obyektlaridan foydalanish
Jamoa bog‘lari, tokzorlari, ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini suv bilan ta’minlash suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnoma asosida suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fuqarolarning ekinzorlarini va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suv resurslarini ajratish suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining suv olish limitlarida nazarda tutiladi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning ekinzorlarni va tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvga bo‘lgan ehtiyojlarini umumlashtiradi, suv iste’moli to‘g‘risida shartnomalar tuzadi va ular o‘rtasida suvni iste’mol qilish tartibini belgilaydi, shuningdek sug‘orish tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil etadi.
Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, transport vositalarini va chorva mollarini haydab o‘tishning taqiqlanishi
Suv obyektlari va gidrotexnika inshootlari ustidan traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, avtomobillar va boshqa transport vositalarini haydab o‘tish, shuningdek mo‘ljallanmagan joylardan chorva mollarini haydab o‘tish va sug‘orish taqiqlanadi.

Xususan , O”zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlarning davlat kadastrini yuritish tartibi to’g’risida” gi Nizomi (2014-yil 14-avgust) ham yer resurslarini oqilona islohot qilinishiga yordam beruvchi hujjatdir.


Unga ko'ra, hududlarning davlat kadastri “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq tashkil etiladi va yuritiladi.
.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling