Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish
Suvdan foydalanish va suv iste’moli har yilgi suv bilan haqiqiy ta’minlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Kollektor-drenaj tarmog‘ida suvdan foydalanishni va suv iste’molini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suv iste’moli rejalari suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Suv iste’molchilari uyushmalari suv iste’moli rejalarini umumlashtiradi va uyushmalarning suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
Suv iste’molchilari uyushmalarining suvdan foydalanish rejalari irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Quyidagilar:
irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishilgan holda — suv iste’molchilari uyushmalari bo‘yicha;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — irrigatsiya tizimi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi — havza irrigatsiya tizimi bo‘yicha, katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.
Sug‘oriladigan yerlarda suvdan foydalanish va suv iste’molining o‘ziga xos xususiyatlari
Sug‘oriladigan yerlarda kanallar, murakkab muhandislik inshootlari, melioratsiya tarmog‘i barpo etilganligi shunday yerlarning o‘ziga xos xususiyatidir.
Suv fondi yerlaridan, suv obyektlaridan, sug‘oriladigan yerlar doirasidagi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari suv xo‘jaligi obyektlari va inshootlaridan yagona suv xo‘jaligi tizimi sifatida foydalaniladi, ular davlat mulki bo‘lib, xususiylashtirilishi mumkin emas.
Suv obyektlarining sohil bo‘yi mintaqalari, yer osti suvi chiqargichi sanitariya muhofazasi zonalarining xo‘jalik-ichimlik suvi maqsadidagi I va II poyaslari tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlari uchun yer egalari va yerdan foydalanuvchilardan olib qo‘yilishi mumkin.
Sug‘oriladigan dehqonchilik ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish limit bo‘yicha suvdan foydalanishning yoki suvni iste’mol qilishning belgilangan tartibiga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |