Kaliy xromat tuzini olinishi va xossalari


Download 58.05 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi58.05 Kb.
#1517305
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Umaraliyeva Asalxon kurs ishi kimyo

Xrom oksidlarini ishlab chiqarishda ishlatiladigan ushbu jarayonlar atrof-muhitga ta'siri tufayli jiddiy tashvish tug'dirdi. Ayniqsa, xrom (VI) oksidi kanserogen ekanligi ma'lum bo'lgan birikma bo'lib, uning atrof-muhitga chiqishi sog'liq uchun jiddiy xavf tug'diradi.

I.5 Xromning birikmalari


Xrom (II) birikmalari. Cr+2 nihoyatda beqaror birikmalar hosil qiladi. Ular kuchli qaytaruvchilardir. CrO – qora kukun. Qizdirilganda suyultirilgan HCl bilan ta’sirlashadi. Xrom (II) oksid kislotalarda eriydi:
Maydalangan xrom kislotalardan vodorodni siqib chiqazadi:
Cr+2HCl=CrCl2+H2
Havo kislorodi ishtirokida Cr2+ oksidlanadi:
4CrCl2+O2+4HCl= 4CrCl3+2H2O
Cr(OH)2 – sariq rangli.Tuzlaridan olinadi:
CrCl2+2NaOH=Cr(OH)2+2NaCl
Xrom(II) gidroksidi beqaror birikma, oson oksidlanadi:
4Cr(OH)2+O2+2H2O=4Cr(OH)3
CrCl2 – rangsiz kristall suvda eriydi. Eritmada havo rangli [Cr(H2O)6]2+ akva komplekslar hosil qiladi. Eng barqaror birikmasi Cr(CH3COO)2.
Xrom (III) birikmalari. Terichilik sanoatida xrom tuzlaridan pishiq xromli terilar olishda ishlatiladi. Cr3+ birikmalari barqaror.Cr2O3xromli oxra, yashil rangli kukun, suyuqlanish harorati 2265oС. Qiyin suyuqlanuvchan kimyoviy jihatdan inert. Suvda, kislotalarda va ishqorlarda erimaydi. Kaliy pirosulfat bilan suyuqlantirilsa xromning (III) valentli birikmalariga o‘tadi:
Cr2O3+3K2S2O7=Cr2(SO4)3+3K2SO4
Xrom (III) oksidni olinish usullari:
Uglerod bilan qaytarish:
3C +Na2Cr2O7 = 3CO + Na2O + Cr2O3
Oltingugurt bilan qaytarish:
S + K2Cr2O7 = K2SO4 + Cr2O3
Harorat ta’sirida parchalanish:
2Cr(OH)3 = 3H2O + Cr2O3
Dixromatlarni parchalash orqali ham oson olinadi:
(NH4)2Cr2O7 = N2 + 4H2O + Cr2O3
Xrom (III) – oksidini soda yoki ishqorlar bilan suyuqlantirish natijasida meta- va ortoxromitlar hosil bo‘ladi.
CrCl3 + 3NaOH = Cr(OH)3+ 3NaCl
Cr(OH)3 + 3HCl =CrCl3 + 3H2O
Cr(OH)3 + 3NaOH =[Na3Cr(OH)6]
HCrO2 – metaxromitlar, tuzlari mavjud:
Cr2O3+ 2NaOH = 2NaCrO2 + H2O
H3CrO3 – ortoxromitlar, faqat tuzlar holida olingan:
Cr2O3+ 6NaOH = 2Na3CrO3 + 3H2O
Xrom (III) gidroksidi kuchli oksidlovchilar ta’sirida ishqoriy muhitda Cr+6 birikmalariga o‘tadi.
2Cr(OH)3 + KClO3+4KOH =2K2CrO4 +KCl+ 5H2O3
Na3[Cr(OH)6 ] + 3Br2 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 6NaBr + 8H2O
[Cr(OH)6]3- + 2OH- - 3e = CrO42- +4H2O
Br2 + 2e = 2Br-1
Na3[Cr(OH)6 ] o‘rniga Cr(OH)3, CrCl3, NaCrO2, Cr2(SO4)3 ni olish mumkin. Oksidlovchilar sifatida bo‘lsa Cl2, I2, NaClO3, NaNO3, H2O2 ba boshqalar olinadi.
Xrom birikmalarida Cr3+ kationi ko‘k rangli ( xrom (III) sulfat, xrom (III) nitrat, xrom (III) xlorid), xrom (III) anion holda bo‘lsa (CrO2), yashil rangli bo‘ladi (natriy xromit, kaliy xromit).
Kaliy xromli achchiqtoshga oz miqdorda ishqor qo‘shsak, xrom (III) gidroksid cho‘kmaga tushadi. U amfoter bo‘lganligi uchun kislotalarda ham ishqorlarda ham oson eriydi:
2Cr(OH)3 + 3H2SO4 = Cr2(SO4)3 + 6H2O
ko‘k rang
Cr(OH)3 + KOH = KCrO2 + 2H2O
yashil rang
Xrom (III) tuzlari gidrolizga uchraydi. Jarayon kation mexanizm bo‘yicha boradi:
[Cr(H2O)6]Cl3 + H2O =[CrOH(H2O)5]Cl2 + H3O++Cl-
[Cr(H2O)6]3+ + H2O =[CrOH(H2O)5]2+ + H3O+
[CrOH(H2O)5]Cl2 + H2O=[Cr(OH)2(H2O)4]Cl+H3O++Cl-
[CrOH(H2O)5]2++ H2O=[Cr(OH)2(H2O)4]++H3O+
Cr2S3 – qora kristall modda, suvda erimaydi.
2CrCl3 + 3H2S = Cr2S3 + 6HCl
2Cr3+ + 3S2- = Cr2S3+
Bu tuz kuchli gidrolizga uchraydi va to‘la gidroliz sodir bo‘ladi.
Cr2S3 + 6H2O = 2Cr(OH)3 + 3H2S
Cr3+tuzlari eritmadan kristallogidratlar holida ajraladi:
CrCl3·6H2O;K2SO4·Cr2(SO4)3·24H2O; Cr2(SO4)3·18H2O;
(NH4)2SO4·Cr2(SO4)3·24H2O.
Xrom (III) birikmalarining koordinatsion soni 6 ga teng komplekslar hosil qiladi:
[Cr(H2O)6]Cl3 [Cr(H2O)5Cl]Cl2 [Cr(H2O)4Cl2]Cl · H2O
ko‘k binafsha rangli och yashil rangli tim yashil rangli
[Cr(NH3)6]Cl3 ; [Cr(NH3)5Cl]Cl2 K3 [Cr(OH)6] K3[CrCl6]
Xrom(V1) birikmalari. Xrom (VI) oksidi, xromat kislotasining angidridi – to‘q qizil rangli ignasimon kristallga ega. (suyuql. Harorati 197ºC). Suvda oson eriydi. Bunda xromat kislotasi hosil bo‘ladi.
K2Cr2O7+H2SO4=K2SO4+2CrO3+H2O
CrO3+H2O=H2CrO4
Bu kislota erkin holda olinmagan. O‘rtacha kuchli kislota. Xromat angidridiga xromat kislota va dixromat kislota to‘g‘ri keladi.
2H2CrO4 = H2Cr2O7 + H2O
Suyultirish ortishi bilan muvozanat H2CrO4 tarafiga qarab suriladi.
Xrom (VI) oksidi zaharli. Natriyli yoki kaliyli xromat texnikada xromli temirtoshni soda, potash yoki ohak bilan kuydirib olinadi.
4Cr2FeO4 + 7O2 + 8Na2CO3 = 8Na2CrO4 + 2Fe2O3 + 8CO2
Na2Cr2O7 + Na2CO3 =2Na2CrO4 + CO2
Agar xrom (III) oksidiga ishqor va oksidlovchi qo‘shilsa, xromatlarga o‘tadi:
Cr2O3 +3NaNO3 + 4NaOH = 2Na2CrO4 + 3NaNO2 + 2H2O
Agar natriy xromatga kislota qo‘shilsa, muvozanat chapga suriladi.
Agar ishqor qo‘shilsa, muvozanat o‘ngga suriladi:
2Na2CrO4 + H2SO4 = Na2Cr2O7 + H2O + Na2SO4
Na2Cr2O7 + 2NaOH =2Na2CrO4 + H2O
Dixromat kislota tuzlari ayniqsa kislotali muhitda juda kuchli oksidlovchidir:
3H2S + K2Cr2O7 + 4H2SO4 = S + Cr2 (SO4)3 + 7H2O + K2 SO4 H2S o‘rniga KJ,Na2SO3,NaNO2 olish mumkin.
Xromatlar xromning (III) tuzlarini ishqoriy sharoitda oksidlab oson olinadi:
2CrCl3 + 3H2O2 + 10KOH = 2K2CrO4 + 6KCl + 8H2O
H2O2 o‘rniga boshqa oksidlovchilar NaNO3,KClO3 ishlatish mumkin.
Bixromatlar olish uchun xrom (III) tuzlariga kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar PbO2, KMnO4, NaBiO3 ta’sir ettiriladi.
2Cr(NO3)3 + 3NaBiO3 + 6HNO3 =H2Cr2O7 + 3NaNO3+3Bi(NO3)3 + 2H2O3
Xromning peroksid shaklidagi birikmalari ma’lum. Ular peroksikislotalar deyiladi.
4CrO3 + 2H2O2 +3 H2SO4 = H2Cr2O8 + Cr2(SO4)3 + 4H2O + 2O2
H2Cr2O12- ko‘k rangli efirda barqaror. H3CrO8-qizil rangli. efirda
K2Cr2O7+4H2O2+H2SO4=2CrO5+K2SO4+5H2O
Reaksiya paytida efir qavatining siyoh rangga bo‘yalishi kuzatiladi.
Xromning birikmalaridan CrO2Cl2 qizil qo‘ng‘ir rangli suyuqlik (suyuq. harorati -96,5ºC, qaynash harorati 117ºC).
CrO2Cl2 +2H2O = H2CrO4 + 2HCl
K2CrO4 kaliy xromat suvsiz kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi (20ºC da 100 g suvda 62,9 g tuz eriydi). Na2CrO4 kristallari tarkibida 4, 6, 10 molekula suv ushlaydi. Uning suvda eruvchanligi yaxshi. Natriy dixromatga kaliy xlorid ta’sir ettirilib kaliy dixromat olinadi.
Suvda yomon eriydigan xromatlar qatoriga PbCrO4 va BaCrO4 kiradi. Ular sariq bo‘yoq sifatida ishlatiladi.
CrF6 kam o‘rganilgan, beqaror, sariq, limonga o‘xshash rangli kukun. MoF6 va WF6 ham ma’lum.
Xrom va uning analoglari geksakarbonilli neytral komplekslar hosil qiladi [E(CO)6]. Geksakarbonilxrom [Cr(CO)6] rangsiz kristall modda. Metallarning karbonillaridan toza metallar olish uchun foydalaniladi.
MoO3 oq-sarg‘ish modda (syuql.harorati 795oC), suvda kam eriydi. Bu oksid ishqorlarda erib molibdatlar hosil qiladi. Molibdatlarga nitrat kislotasi ta’sir ettirilsa H2MoO4 ning ignasimon kristallari hosil bo‘ladi. Tabiatda FeWO4 va MnWO4, CaWO4 volframat kislotasining tuzlari uchraydi. WF6, WO3, WCl6 sof holda barqaror moddalardir.
Qo‘llanilishi. Xrom(III) va (VI) birikmalari odam uchun zaharli hisoblanadi. K2Cr2O7 katta yoshdagi odam uchun o‘ldirish dozasi 0,3 g ni tashkil etadi. Xrom birikmalari terini qizartirib dermatitlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Kaliy dixromat terichilik, tekstil, lak bo‘yoq va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin xromat sariq bo‘yoq tayyorlashda qo‘llaniladi. Kaliy dixromatni to‘yingan eritmasi hamda konsentrlangan sulfat kislota teng hajmda aralashtirilsa, xrompik deyiladi.Bu aralashma juda kuchli oksidlovchi u bilan kimyoviy idishlarni yuviladi.
Davlat farmakopeyasida vodorod peroksidi eritmasining chinligini aniqlash uchun quyidagi reaksiya tavsiya etiladi:
K2Cr2O7+4H2O2+H2SO4=K2SO4+2H2CrO6+3H2O
Biperoksixrom kislota (H2CrO6) yoki peroksixrom kislotasi (HCrO5) ko‘k rangli bo‘lganligi uchun o‘ziga xos rang hosil bo‘ladi.
CrO+2HCl= CrCl2+H2O


Download 58.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling