Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
6-bob. Kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini moliyaviy va moddiy ta’minlash
26. Kasb-hunarga o‘qitish markazining faoliyati: Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratiladigan mablag‘lar; xo‘jalik faoliyati va ustavdagi vazifalariga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar; shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga o‘qitish faoliyatidan tushgan mablag‘lar; kasbiy malakalarni baholash markazi faoliyatidan kelib tushgan mablag‘lar; xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari kreditlari va grantlari; yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari; qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi. 27. Kasb-hunarga o‘qitish markazi belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi. 28. Kasb-hunarga o‘qitish markazi tarkibiy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, o‘qituvchi va boshqa barcha xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ustama, rag‘batlantirish va mukofotlash miqdori Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga o‘qitish, kasbiy malakalarni baholash markazi hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda, kasb-hunarga o‘qitish markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv-metodik faoliyatini takomillashtirish, o‘quv qurollari va xomashyo xarid qilish, xodimlarni rag‘batlantirish uchun sarflanishi mumkin. 29. Kasb-hunarga o‘qitish markazi tasdiqlangan yo‘nalishlarga (mutaxassisliklarga) muvofiq o‘quv jarayoni uchun asbob-uskuna va jihozlar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi. 30. O‘quv jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) ushbu markazlarga o‘z hududida joylashgan ko‘rgazmali pavilonlar va yarmarkalar hamda elektron tijorat orqali namoyish qilish va sotishga (tushgan mablag‘larni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish uchun sarflashga yo‘naltirish sharti bilan) ruxsat etiladi. 31. Kasb-hunarga o‘qitish markazi mablag‘lari, binolari, inshootlari, asbob-uskunalari va boshqa tovar-moddiy qiymatliklari kasb-hunarga o‘qitish markaziga biriktirilgan mulk hisoblanadi va ulardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanadi. 32. Kasb-hunarga o‘qitish markazining ayrim yo‘nalishlarini (kasb, ixtisosliklarini) nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha maxsus ustaxonalarni qo‘shimcha jihozlash Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. 33. Kasb-hunarga o‘qitish markazi belgilangan tartibda o‘z ishlari natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistik va buxgalteriya hisobotlarini yuritadi. 34. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarining tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, o‘qituvchi va boshqa xodimlarning mehnatiga haq to‘lash tartibi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda rahbarlar, xodimlar va o‘qituvchilar mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining rahbarlari, xodimlari va o‘qituvchilariga tenglashtiriladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling