Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 1.39 Mb.
bet2/36
Sana21.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1218448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
183 05.04.2021

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 5-aprel,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-son qaroriga
1-ILOVA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari (keyingi o‘rinlarda — monomarkaz) maqomi, maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Monomarkazlar ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi davlat muassasasi hisoblanadi.
Monomarkazlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkazlari tizimidan iborat.
3. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bosh muassasa sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etiladigan monomarkazlarga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qiladi, ular tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, jumladan, kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga, xorijiy tillarga o‘qitish, kasbiy malakani baholash bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.
4. Monomarkazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ular uchun kasb-hunar, xorijiy tillar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibidagi monomarkazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘quv-metodik ta’minlash boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi.
5. Monomarkazlarning xodimlari malakasini oshirishni tashkil etish Vazirlik tizimidagi mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish respublika kurslarida amalga oshiriladi. Bunda Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi xodimlari malaka oshirish jarayoniga jalb etiladi va malaka oshirish jarayonida amaliyot mashg‘ulotlari Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida olib boriladi.
6. Monomarkazlar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlikning qarorlariga, mazkur Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, o‘z ustaviga amal qiladi.
7. Monomarkazlar ustavi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
8. Monomarkazlarni moddiy-texnik ta’minlash va saqlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat jamg‘armasi) mablag‘lari, xo‘jalik faoliyati natijasida tushgan mablag‘lar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
9. Monomarkazlarning tarkibiy tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, o‘qituvchi va boshqa xodimlarning mehnatiga haq to‘lash tizimi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Bunda Toshkent shahar “Ishga marhamat” monomarkazining amaldagi xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimi saqlab qolinadi hamda yangidan tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” monomarkazlari xodimlariga ham tatbiq etiladi.
10. Monomarkazlar faoliyati hududiy jihatdan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar bandlik bosh boshqarmalari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
11. Monomarkazlarning o‘quv-metodik faoliyati Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda muvofiqlashtiriladi.
12. Monomarkazlar yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlariga ega bo‘ladi, o‘z nomidan shartnomalar tuzadi, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, yuklangan majburiyatlarni bajaradi hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo‘ladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling