Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


-bob. Monomarkazlarining maqsadlari va vazifalari


Download 1.39 Mb.
bet3/36
Sana21.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1218448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
183 05.04.2021

2-bob. Monomarkazlarining maqsadlari va vazifalari
13. Monomarkazlarining asosiy maqsadi ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunarga, tadbirkorlikka va xorijiy tillarga o‘qitish, shuningdek, belgilangan tartibda xorijga vaqtincha ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni oldindan moslashtirish, shu jumladan, ularni kasb-hunar, tadbirkorlik va chet tillariga o‘qitishdan iborat.
14. Quyidagilar monomarkazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
band bo‘lmagan aholini servis va xizmat ko‘rsatish, texnika, umumqurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari, raqamli texnologiyalar bo‘yicha hamda ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan boshqa kasblarga o‘qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
texnikum, kollej yoki oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirmagan hamda kasb egallash istagidagi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
xorijiy tillarga o‘qitish;
tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlikka o‘qitish;
ishchi kasblarini rivojlantirish va ommalashtirish;
xorijiy ish beruvchilarning talablariga asosan ishchi kuchini tayyorlash;
kasb faoliyatini amalga oshirish uchun talab qilinadigan bilimlar, mahorat, malaka va ko‘nikmalar, shaxsiy va kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash;
xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunarga va xorijiy tillarga o‘qitish, ular bilan oldindan moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish, xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘maklashish.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun monomarkazlar tomonidan xorijiy tajribaga, kasb-hunarga, tadbirkorlik ko‘nikmalariga va xorijiy tillarga o‘qitishning innovatsion texnologiyalari joriy etish, jumladan:
monomarkazlarda kasb-hunarga o‘qitish jarayoniga yuqori malakali o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalarini jalb etish, zarur hollarda WorldSkills va boshqa xalqaro standartlarga asosan ularning malakasini oshirib borishni ta’minlash;
ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni mehnat bozorining joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlari asosida qisqa muddatlarda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga o‘qitishning samarali innovatsion dasturlarini ishlab chiqish;
monomarkazlar bitiruvchilarining kasbiy malakasini milliy va WorldSkills standartlari asosida baholash, shuningdek, baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilarga mamlakat hududida va xalqaro darajada tan olinadigan Skills pasporti berilishini yo‘lga qo‘yish va ularni Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestriga o‘rnatilgan tartibda kiritish;
kasb-hunarga o‘qitish va bilim va ko‘nikmalarni baholashga doir turli tanlovlar o‘tkazish, WorldSkills standartlari asosida ishchi kasblar bo‘yicha milliy va mintaqaviy chempionatlarni o‘tkazish;
ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan, hududlarning asosan qishloq va chekka joylari, chegara hududlarini qamrab olgan holda ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, ayniqsa, kambag‘al fuqarolar, yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga, xorijiy tillar yoki tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni zimmasiga olgan, o‘quv dasturi va qo‘llanmalariga ega, o‘qish jarayonida axborot-kommunikatsiya vositalaridan va innovatsion o‘qitish uslublaridan keng foydalanadigan nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalari bilan hamkorlik qilish;
band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlashga doir hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etish;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash;
aholini monomarkazlarda kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tadbirkorlik asoslariga va xorijiy tillarga o‘qitish, bilim va ko‘nikmalarni baholash, ishga joylashtirishga ko‘maklashish va xorijga vaqtincha ishga joylashish uchun ketayotgan fuqarolarni tayyorlash masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam targ‘ibot-tashviqot va axborot-tushuntirish tadbirlari amalga oshiriladi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling