Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
-bob. Monomarkazlarning tuzilishi
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
5-bob. Monomarkazlarning tuzilishi
19. Monomarkazlarining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 20. Monomarkazlar faoliyatiga taalluqli ilmiy va o‘quv-metodik masalalarni ko‘rib chiqish uchun direktor huzurida kollegial organ hisoblangan O‘quv-metodik kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etiladi. Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Direktor Kengash raisi hisoblanadi. Kengash tarkibiga Vazirlik tizimining tajribali xodimlari, hamkor tashkilotlarning mutasaddi vakillari, Monomarkaz direktori o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Kengash kotibi, tajribali o‘qituvchilar va muhandis-ustalar kiradi. 21. Kengash: yillik ish rejasini va boshqa tegishli hujjatlarni tasdiqlaydi; budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi va sarf-xarajat hisobotlarini ko‘rib chiqadi; o‘quv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini ko‘rib chiqadi; ustaxonalar, o‘quv xonalari, binolar va jihozlarning sanitariya-gigiyenik holati, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish, xodimlar salomatligini himoya qilish masalalarini muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi; fuqarolarni o‘qishga qabul qilish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda kasbiy malakani baholash jarayoni, bitiruv malaka imtihonlarini topshirish va kasb-hunarga o‘qitishni yakunlash yuzasidan tegishli bo‘linmalar rahbarlari, o‘qituvchilar va muhandis-ustalar hisobotlarini eshitadi; direktor o‘rinbosarlari, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, o‘qituvchilar, muhandis-ustalar va boshqa xodimlar faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni eshitadi; kasb-hunarga o‘qitishning ilg‘or o‘quv-metodik, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini ko‘radi; o‘quvchilarni kursdan chetlashtirish, o‘qishga tiklash, bitiruvchilarga o‘qishni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjatlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini ko‘rib chiqadi; yuqori malakali o‘qituvchilar va muhandis-ustalar ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish ishlarini tashkil etadi; o‘z vakolati doirasida ichki hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish va monomarkazlar faoliyatini tartibga solishning boshqa masalalarini hal qiladi. Kengash faoliyati masalalari monomarkaz ustavida belgilanadi. 22. Monomarkazlar tarkibida kasaba uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa jamoatchilik tuzilmalari tashkil etilishi mumkin. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling