Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Download 1.39 Mb.
|
183 05.04.2021
4-bob. Monomarkazlarni boshqarish
17. Monomarkazga O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan (tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari tavsiyasiga ko‘ra) lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Monomarkaz direktorining O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. 18. Direktor: monomarkaz faoliyatiga rahbarlik qiladi va zimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; o‘rinbosarlari vakolatlarini o‘rnatilgan tartibda belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, monomarkaz tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyat uchun javobgarligini belgilaydi; qonunchilik hujjatlariga asosan monomarkaz nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi; monomarkaz tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; monomarkaz tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi; monomarkaz o‘qituvchilari, muhandis-ustalari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi; monomarkaz xodimlari va o‘quvchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; monomarkazning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi; monomarkazning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi; nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etayotgan xususiy investorlarga davlat yordami sifatida ko‘rsatish maqsadida nodavlat kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlarini tashkil etish uchun monomarkazning binolari yoki ularning bir qismini, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra bo‘sh turgan boshqa binolar yoki ularning bir qismini operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beradi; monomarkazning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi; mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari uchun asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali monomarkaz o‘qituvchilari, muhandis-ustalari va boshqa xodimlarini Davlat jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan rag‘batlantirish masalalarini hal etadi; mehnat qonunchiligiga asosan xodimlarga jamoa shartnomasi va ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligi uchun intizomiy jazo choralarini belgilaydi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling