Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


-§. Bilim, ko‘nikma va malakani baholash


Download 1.39 Mb.
bet8/36
Sana21.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1218448
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
183 05.04.2021

2-§. Bilim, ko‘nikma va malakani baholash
31. Monomarkazlarda aholining bilim, ko‘nikma va malaka darajasini baholash uchun tashkil etiladigan Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabgorlarning bilim, ko‘nikma va malakasini milliy va xalqaro (Worldskills va boshqa) standartlarga muvofiq mustaqil va xolis baholash;
keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish;
talabgorning mavjud bilim, ko‘nikma va malakasi belgilangan kasb standartlariga mosligini aniqlash;
kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish.
Kompetensiyalarni baholash markazi o‘z faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun taalluqli boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
32. Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi tarkibidagi Kompetensiyalarni baholash markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar monomarkazlarida fuqarolarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun zarur bo‘lgan metodik hujjatlar va tavsiyalar ishlab chiqadi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi monomarkazlar hamda kasb-hunarga o‘qitish tashkilotlarida bilim, ko‘nikma va malakani baholash talablariga rioya qilinishini muvofiqlashtiradi.
3-§. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga ko‘maklashish
33. Monomarkazda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni tayyorlash bo‘yicha quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:
kasb-hunarga o‘qitish;
xorijiy tillarga o‘qitish;
xorijiy davlatlarning qonunchiligi va mehnat qilish sharoitlarini o‘rgatish va boshqa kerakli ma’lumotlar berish bo‘yicha moslashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
xorijda ishlash uchun talab etiladigan hujjatlarni rasmiylashtirish, kredit olish, sug‘urta polisini va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish;
xalqaro standartlar bo‘yicha kasbiy malakani baholash.
Monomarkazlarda xorijga ishga ketayotgan fuqarolarni ketishdan oldin kasb-hunarga yo‘naltirish markazlari tashkil etilishi mumkin.
34. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan fuqarolarni tayyorlash xarajatlari:
Davlat jamg‘armasi;
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi;
xorijiy ish beruvchilar yoki ularning vakillari mablag‘lari;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablag‘lari;
fuqarolarning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling