7-bob. Monomarkazlar xodimlari
35. Monomarkazlarda o‘qituvchilar, muhandis-ustalar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.
36. Monomarkazlar xodimlarini ishga qabul qilish mos lavozimlar (kasblar) bo‘yicha kasb standartlariga (lavozim talablariga, kasb-malaka ma’lumotnomalariga) ko‘ra qonunchilik hujjatlariga binoan amalga oshiriladi.
37. Belgilangan talablarga muvofiq kasbiy tayyorgarlikka ega, zamonaviy talablarga javob beradigan o‘qituvchilar va muhandis-ustalar monomarkazlarda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin.
38. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari o‘rindoshlik asosida yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi to‘lash shartlari asosida Monomarkazlarning kasb-hunarga o‘qitish va boshqa faoliyat yo‘nalishlariga jalb etilishi mumkin.
8-bob. Monomarkazlarning mol-mulki va ularni moliyalashtirish
39. Monomarkazlar faoliyatini moliyalashtirish Davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Shartnoma asosida fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, tadbirkorlik va xorijiy tillarga o‘qitish, xorijga ishchi kuchini tayyorlash, Kasbiy kompetensiyalarni baholash markazi hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa xo‘jalik faoliyatidan tushgan mablag‘lar tegishlicha Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari bilan kelishilgan holda kasb-hunarga o‘qitish markazining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, o‘quv-metodik faoliyatini takomillashtirish, o‘quv qurollari va xomashyo xarid qilish hamda xodimlarni rag‘batlantirish uchun sarflanishi mumkin.
40. Monomarkazlarning tuzilmasi, shtatlar jadvali, rahbar, o‘qituvchi va boshqa xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, ustama, rag‘batlantirish va mukofotlash miqdori Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
41. Monomarkazlarning o‘qitish xarajatlari quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
mehnat organlari yo‘llanmasi bilan yuborilgan ishsiz fuqarolarni o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar — Davlat jamg‘armasi mablag‘lari;
boshqa fuqarolar uchun — fuqarolarning o‘z mablag‘lari yoki o‘z ishchilarining kasbiy malakasini oshirish uchun (kasb-hunarga o‘qitish, qayta o‘qitishga) yuborgan ish beruvchilar yoki yangi ishchilarni kasb-hunarga tayyorlash uchun buyurtma bergan tashkilotlar mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |