Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


-bob. Monomarkazlarning huquq va majburiyatlari


Download 1.39 Mb.
bet4/36
Sana21.02.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1218448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
183 05.04.2021

3-bob. Monomarkazlarning huquq va majburiyatlari
15. Monomarkazlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z nomidan vakolati doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar, kelishuvlar va boshqa huquqiy hujjatlar tuzish;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ushbu Nizomga zid bo‘lmagan faoliyat turlarini amalga oshirish;
o‘qitish sifati, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, xodimlarning boshqa toifalarining mehnat faoliyati samaradorligini va raqobatbardoshligini oshirish, sohaga ilg‘or mehnat, o‘quv-metodik tajribalarni joriy etish maqsadida turli tanlovlar, tadbirlar, reklama faoliyati, ommaviy-axborot vositalarida ko‘rsatuvlar, eshittirishlar, chiqishlar tashkil qilish;
budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish maqsadida o‘quv jarayonlari davomida tayyorlangan mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) sotish;
o‘quv jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
o‘quvchilarga xalqaro darajadagi sertifikatni (guvohnoma, diplom va boshqa hujjatlar) berish;
o‘quv jarayonida ishlab chiqarilgan yarim tayyor, tayyor mahsulotlarni (tovar, ish, xizmatlarni) o‘z hududida joylashgan ko‘rgazmali pavilonlar va yarmarkalar hamda elektron tijorat orqali namoyish qilish va sotish (tushgan mablag‘larni o‘quv jarayoni uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirish uchun sarflashga yo‘naltirish sharti bilan);
o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moddiy-texnik bazani rivojlantirishga va o‘qitish jarayonini zamonaviy o‘quv-texnik vositalar, mebellar bilan jihozlashga, xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishga sarflash;
monomarkazlarda hududiy mehnat organlari tomonidan ro‘yxatga olingan ishsiz va ish qidirayotgan shaxslar, shuningdek, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda “lbr-migrtin” dasturiy majmuasida ro‘yxatga olingan fuqarolarni Davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish, kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish buyurtmachi hamda o‘quv markazi o‘rtasida belgilangan tartibda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzish asosida amalga oshiriladi.
Davlat jamg‘armasi va o‘z mablag‘laridan samarali foydalanishi hamda mablag‘ bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar o‘z mablag‘larini, homiy xayriyalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi mumkin.
Monomarkazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Monomarkazlar:
qonunchilik hujjatlari, Vazirlikning hujjatlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarni bajarishi;
ishsiz va kambag‘al aholida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun olti oydan oshmaydigan o‘qitishni tashkil etishi hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi;
fuqarolarni ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy kasb standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklar va boshqa o‘quv-metodik materiallar asosida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitishi;
xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘qituvchilar va muhandis-ustalar malakasini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida muntazam oshirib borishi;
mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob beradigan o‘quv va mehnat sharoitlarini yaratishi mumkin.
Monomarkazlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling