Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi mundarija kirish I bob. Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi haqida


Download 78.11 Kb.
bet2/9
Sana06.02.2023
Hajmi78.11 Kb.
#1172187
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi,Tayyor

Kurs ishining maqsadi Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish, xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi, xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi, xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.
Kurs ishining vazifalari. Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi haqida.

  • Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish.

  • Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.

  • Xisobdor shaxslar bilan hisoblashuvlar hisobi.

  • Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo‘yicha hisoblashuvlar hisobi.

Kurs ishining predmeti. Mavzuga oid bir nechta adabiyotlardan ma'lumotlar to'plash, tahlil qilish va misollarga tadbiq qilishdan iborat.
Kurs ishining obekti. Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi, mavzusini o'rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.BOB.KAMOMADLAR BO`YICHA XODIMLAR BILAN HISOBLASHUVLAR HISOBI HAQIDA.
1.1. Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish.
Xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish uning maqsadi va vazifalari.Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarbo‘yicha xodimlar bilan, stipendiya to‘lovlari bo‘yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo‘l qo‘yilgan kamomadlar bo‘yicha hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo‘yicha kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo‘l qo‘yilgan kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat qonunchiligi talablari asosida undiriladi. “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol- mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan.
Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi.
Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish sharoitida mehnatga haq to‘lash ijtimoiy qo‘llab- kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi vazifalari bevosita xo‘jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat daromadlari, xo‘jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan xolda, uning qo‘shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to‘lashni yuridik asosini mehnat to‘g‘risidagi konuniy hujjatlar, xo‘jalik sub’ektilarning jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi.
Ma’lumki ish haqi, o‘z navbatida, asosiy va qo‘shimcha ish haqiga bo‘linadi: Asosiy ish xaqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib qolishlarga xisoblangan ish haqi va shu kabai boshqalar kiradi .
Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi. Byudjet tashkilotlarida hisob va hisobotga oid xorijlik va mamlakatimiz olimlari tomonidan bir qancha tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Xususan, xorijlik olimlardan A.A.Ushakov “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish – barcha tashkilotlar normativ-huquqiy hujjatlar asosida buxgalteriya hisobini yuritishga majburdirlar. Normativ-huquqiy hujjatlarni qo‟llash tartibi tashkilotlarning turiga bog‟liqdir. Byudjet tashkilotlarida g‟aznachilikka qamrab olingan holda buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning asosiy tarmoqqa xos bo‟lgan xususiyati bu - hisob siyosati hisoblanadi”[10] – deb ilmiy izoh bergan.
N.Kondrakov boshchiligidagi rossiyalik olimlar byudjet hisobi va hisoboti, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi masalalarini tadqiq etishgan. Ular byudjet tashkilotlarining kassa va haqiqiy xarajatlarining yuzaga kelishi, mazmuni hamda ularni hisobga olishning xususiyatlarini nazariy va amaliy jihatdan yoritishgan .
Mamlakatimiz olimlaridan M.Ostonokulov byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tuzish va byudjet nazoratini amalga oshirish[6], S.Mehmonov byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va ichki auditmetodologiyasinitakomillashtiris[7],
A.Ostonokulov byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‟armalarini shakllantirish va hisobini takomillashtirish[9], byudjet tashkilotlarida xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi va nazoratini takomillashtirish[8] borasida izlanishlar olib borishgan. A.Tuychiev, A.Ostonokulov va boshqalar ta‟lim muassasalarida xodimlarni moddiy rag‟batlantirish va moddiy yordam berish bilan bog‟liq hisoblashuvlar hisobini yuritishning xususiyatlari yuzasidan izlanishlar olib borgan[11]. Ammo, aynan xalq ta‟limi tizimidagi muassasalarning mehnat haqi boyicha hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil etish va yuritish hamda nazorati bo‟yicha alohida tadqiqot ishlari olib borilmagan.

Download 78.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling