Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi mundarija kirish I bob. Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi haqida


Download 78.11 Kb.
bet3/9
Sana06.02.2023
Hajmi78.11 Kb.
#1172187
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kamomadlar bo`yicha xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi,Tayyor

Tadqiqotning usullari. Tadqiqot o‟tkazishda induktsiya, deduktsiya, istiqbolli tadbiq etishda ma‟lumotlarni tahliliy va tizimli yondashuv, adabiyotlar qiyosiy tahlili va qiyosiy taqqoslash va boshqa usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar .Byudjet tashkiloti xarajatlarining asosiy qismini hodimlar bilan hisoblashuvlar tashkil qiladi. Byudjet tashkilotlarida eng muxim hisob ob‟ektlaridan hisoblangan hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi byudjet mablag`laridan samarali foydalanishni baholashda alohida o`rin tutadi. Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish jarayonida kamomadlar, xizmat safarlari, ish haqi va unga tenglashtirilgan to„lovlar bo`yicha hodimlar bilan, hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Ish haqi, ishchi aybiga bog`liq bo`lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi va shu kabi boshqalar kiradi.
Qo`shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko„zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. Bunda ishchining mehnat ta‟tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar o„smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo`shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi. Ma`lumki ish haqi asosiy va qo`shimcha ish haqiga bo`linadi[4]:
Mehnatga haq to„lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi – ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko„rsatilgan xizmatlar hajmiga ko`ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi. Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo„lgan tarif koeffitsentlari ko„rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif koeffitsient birga teng bo`lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsient ham ortib boradi. Tarif stavkasi – ishchining razryadiga muvofiq unga ma‟lum vaqt birligi (soat, kun) uchun to`lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa, birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo`naltirish yo`li bilan aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobini tashkil qilishdan maqsad – foydalanuvchilarni hodimlar bilan hisoblashuvlar bo`yicha hisob-kitoblar to„g„risidagi ishonchli axborotlar bilan ta‟minlashdan iborat. Byudjet tashkilotlarida hodimlar bilan mehnat haqi bo`yicha hisoblashuvlarni hisobotda aks ettirish bo`yicha quyidagi boshlang`ich hujjatlarni keltirib o`tish mumkin:

  • tabel

  • ish hajmini bajarganlik to`g`rsidagi naryad (bildirishnoma),

  • kasallik varaqasi,

  • rag`batlantirish bo`yicha buyruqlar va boshqalar.

  • Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to„lovlar oyiga bir marta hisoblab yoziladi va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotida hodimlar bilan;

  • kamomadlarga doir hisob-kitoblar;

  • hodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo`yicha hisob-kitoblar;

  • hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar;

  • hodimlar bilan mehnatga haq to`lash bo`yicha hisob-kitoblar;

  • hodimlarning ish haqidan ushlab qolinadigan haq bo`yicha hisob-kitoblar;

  • deponentlangan to`lovlar bo`yicha hisob-kitoblar;

Byudjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish kunlariga bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Byudjet tashkilotlarida ishlovchi hodimlar ish haqiga qo„shimcha to„lovlar (moddiy rag„batlantirish va boshqalar) hodimlarni moddiy rag„batlantirish maxsus jamg„armasi hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetdan tashqari mablag„lar hisobiga (manbaasi mavjud bo„lganda) to„lanadi.
Mehnat qonunchiligiga asosan byudjet tashkilotlari hodimlari xar yili mehnat ta‟tiliga chiqish huquqiga ega. Bunda mehnat ta‟tiliga chiqishi bo„yicha buyruq rasmiylashtirilgandan so„ng buxgalteriya tomonidan o„rnatilgan tartibda mehnat ta‟tili uchun ish haqi hisoblanadi. Mehnat ta‟tili uchun ish haqi hisoblashda “O„rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi”ga ko„ra o„rtacha oylik ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko„ra hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar jadvali bo„yicha belgilangan oylik ish haqiga bir yil davomida oylik ish haqidan tashqari qo„shimcha olgan mukofotlar, boshqa to„lovlarni 12/1 qo„shilib chiqqan natija 25,4 koeffitsentga bo„lish yo„li bilan bir kunlik mehnat ta‟tili uchun ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta‟tili uchun ish haqini ta‟til kunlariga ko„paytirish yo„li bilan mehnat ta‟tili uchun ish haqi topiladi.
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqalarini hisoblash “Davlat ijtimoiy sug„urtasi bo„yicha nafaqalar tayinlash va tartibi to„g„risida Nizom” [2] talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko„ra kasallik varaqasiga asosan hodimning haqiqatda vaqtincha mehnat qobilyatini yo„qotgan ish kunlari uchun yuqorida keltirib o„tilgan tartibda o„rtacha ish haqi aniqlanib mehnat stajidan kelib chiqib miqdor ianiqlanadi. Nizomga ko„ra quyidagi tartib belgilangan:
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat‟i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to„lanadi:
 ishlayotgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga;
 baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
 qaramog„ida 16 yoshga (o„quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo„lgan
hodimlarga;
 Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiyaqilingan va
ko„chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o„tkirleykoz), qalqonsimonbez (adenoma, rak) va xavfli o„smalar bilan bog„liq kasalliklarga chalingan hodimlarga;
 mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo„lgan
hodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo„lgan kasalliklar bo„yicha hisobda turgan hodimlarga ular tomonidan
davlat ijtimoiy sug„urta badali to„lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog„liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to„lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo„lgan hodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo„lgan hodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
c) vumumiy ish staji 5 yilgacha bo„lgan hodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Yuqorida nazarda tutilgan hodimlardan tashqari qolgan hodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo„yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to„lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo„lgan hodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin
(sag„ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
Ish haqi, mukofotlar, turli moddiy yordamlar va boshqa to„lovlar oyiga birmarta hisoblab yoziladi va hisobda joriy oyning oxirgi kunida aks ettiriladi.
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo„shatganlik va hodimlarni tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga ko„chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar[3].
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug„i bilan tayinlangan shaxslar tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot bo„yicha yoki tuzilmaviy bo„linmalarga bo„lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida tabel bo„yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To„ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.Hisob-kitob-to„lov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va tekshirgan hodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi to„lash uchun ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.


Download 78.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling