Каримов И. А. Бакамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. Т.: Шарқ нашриёти-матбаа концернининг босмахонаси


BOSHLANG`ICH SINFLARDA HIKOYA USTIDA ISHLASHDA QUYIDAGI TAMOYILLARGA AMAL QILINADI


Download 132.21 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi132.21 Kb.
#193610
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hikoya janridan asarni oqish metodikasi. sheriy nutqning xususiyatlari masal janridagi asarlarni oqish metodikasi. ilmiy-ommabop asarlarni oqish metodikasi

BOSHLANG`ICH SINFLARDA HIKOYA USTIDA ISHLASHDA QUYIDAGI TAMOYILLARGA AMAL QILINADI:

1. Hikoya bilan tanishtirish uning syujstini tushuntirishga bog`lab olib boriladi.

2. Hikoya mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matn mazmunini qayta hikoyalash asosiy ish turi hisoblanadi.

3. Matn ustida ishlashda ma'nosi murakkab so`zlar, turli iboralar, ma'lumotlar, atamalar izohlab bеriladi.

4. Hikoya mazmuni mantiqiy jihatdan o`quvchnlar bilan birgalikda tahlil qilib boriladi.

5. Hikoya g`oyasi ochib bsriladi.

6. Asar qurilishi va tili tahlil qilinadi .

Ilmiy-ommabop asarlarni o'qitish

Boshlang'ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o'qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o'rgatishdan iborat.

Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o'qib o'rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo'rtishi), o'quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o'zgarishlarning gu-vohi va ishtirokchilari bo'lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida bilim beradi. O'qish darsliklaridan o'rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Boburva boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matn­lar o'quvchilarni nafaqat o'tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O'quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi.


Download 132.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling