Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi


Download 49.34 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi49.34 Kb.
#1598219
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Karimova Madinabonu Ma’rufjon qizi

Xulosa va tavsiyalar


Umumta’lim maktablarida o‘qitiladigan chizmachilik fani o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini, ko‘z bilan chamalash, ko‘rish xotirasi, topqirlik va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati juda katta.
Pedagogik amaliyot davrida orttirgan tajribalarimga suyanib aytishim mumkin-ki, sinfdagi o‘quvchilarga bir xil bilim berish, bir xil munosabat bo‘lishidan qat’iy nazar har bir sinfda faol va yaxshi o‘zlashtiruvchi o‘quvchilardan tashqari bo‘sh o‘zlashtiruvchilar bo‘lishi bu tabiiy hol. Bunday o‘quvchilarni aniqlash bo‘yicha qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ularning kelib chiqish sabablarini aniqlamasdan turib, proflaktika ishlarini olib borish mumkin emas. SHuning uchun tarbiyasi qiyin, bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarda yuzaga kelishga sabab bo‘lgan omillarni, ularni genetik ildizini aniqlash g‘oyat zarur, nojo‘ya hatti-harakatlarning kelib chiqish sabablarini va ularni bunga majbur qilgan turtkilar nimalardan iborat ekanligini aniqlash murakkab jarayondir. Kundalik hayotda televideniya orqali namoyish etilayotgan kino filmlar (video disklar), turli mazmundagi savol-javoblar, qo‘l telefoni kabi shaxsiy buyumlarni o‘ziga mayl qilishi, rag‘batlantirishlarning teskari ta’siri, tobe etish, sinfdagi ajratishlar, qo‘rqitishlar o‘quvchini bo‘sh o‘zlashtirishiga sabab bo‘ladi.
Sunday ekan maktab va kasb-hunar kollejlarida chizmachilik fanidan dars beradigan o‘qituvchilar chizmachilik mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish yo‘llarini, o‘quvchilarning darslardagi faolligini oshirish, didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilarga yangi bilimlar berish, olgan bilimlarini mustahkamlash hamda nazorat qilish usullarini o‘rganishlari va amalda tatbiq qilishlari zarur. Bitiruv malakaviy ishimning birinchi bobida mana shu masalalarga to‘xtalib o‘tdik va chizmachilik o‘qitish metodlari, darsning samaradorligini oshirish usullari, ta’limda zamonaviy texnologiyalar hamda, chizmachilik darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni yoritishga harakat qildim.


Download 49.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling