Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

Ikkinchi bosqich. Korxona faoliyati bilan bog’liq omillar, kuchli va 
kuchsiz tomonlari, biznes – jarayonlar, imkoniyatlar va xavfni, bozor segmenti
bozor potenstiali (talab va taklif, iste’molchilar va ta’minlovchilar, strategik 
hamkorlar), ixtisoslik, raqobatchilar, joriy strategiya va o’z faoliyatini saqlab 
qolish strategiyasi tahlil qilinadi.
Uchinchi bosqich. Restrukturizastiya qilish dasturini ishlab chiqish, u 
quyidagilarni: biznes – reja, biznes – birlikning yangi funktsiyasiga tavsif, biznes 
– jarayonlarga tavsif, hisob tizimi, xodimlar rejasi, turli strategiya va modellar 
o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Restrukturizastiya qilish dasturi va 
konstepstiyasini ishlab chiqish bozor segmentiga asosan olib borilib, muhim 
segmentlar tahlil qilinadi, foydasiz bozor segmentlari va foydali bo’lgan yangi 
segmentlar aniqlanadi, so’ng tarkibida eng optimal asosiy bo’limlarga ega bo’lgan 
korxona tuzilmasini tashkil etish uchun biznes – birliklarni strategik guruhlash 
amalga oshiriladi va oxirida istiqbolli bo’limlarning biznes – rejalari taklif etiladi.
To’rtinchi bosqich. Batafsil yoritilgan rejalar, xodimlarni xabardor qilish, 
ishlab chiqarish va moliyalashni restrukturizastiya qilish bo’yicha rejalashtirilgan 
tadbirlarning bajarilishi, muddatlarini nazorat qilishni o’z ichiga olgan 
restrukturizastiya qilish dasturi amalga oshirish. 
Restrukturizastiya qilish jarayonining murakkabligi izlanish ob’ektining 
konsteptual murakkabligidan kelib chiqadi. Hatto uncha katta bo’lmagan 
korxonalar uchun ham barcha tafsilotlarni ko’rish qiyin, yirik kompaniyalar uchun 
esa ishonch bilan aytish mumkinki, rahbariyatdan hech kim barcha tafsilotlarni 
qamrab oluvchi aniq tasavvurga ega emas. Ehtimol aynan ushbu omil natijasida 
ko’pincha restrukturizastiya qilish jarayoni muvaffaqiyatli yakunlanmaydi. Taklif 
etilayotgan restrukturizastiya qilish dasturi biznes mulkdorlari manfaatlarini aks 
ettirishga yo’naltirilgan, haqiqatda ham u yoki bu korxonaning o’z kapitaliga 
investistiya qilishga qaror qabul qilganda korxonaning investistion jozibadorligini 
belgilaydilar va birinchilardan bo’lib investistiya qilingan mablag’larini 
yo’qotishlari mumkin. Nol qiymat strategiyasi (tashqi boshqaruvning turlaridan 
biri) va qiymatni maksimallashtirish (mulkdorlar manfaatlarini himoya qilish 
sharti bilan) korxonaning investistion jozibadorligi oshirish va tang holatdan 
chiqib ketishning alternativ konstepstiyasi sifatida qaralishi kerak, bunda 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asosiy mezon sifatida risk va 
restrukturizastiya qilishning moliyaviy imkoniyatlari qaralishi kerak.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling