Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Qimmatli qog’ozlar portfellari turlari va investitsion strategiya
Tayanch iboralar: korporastiya, moliyaviy resurs, pul fondlari, aktsiya,
investitsiya, kapital, qimmatli qog’ozlar bozori, akstionerlik jamiyat, biznes. Nazorat savollari 1.Korporastiya deganimiz nima? 2.Korporastiyalarning shakllanishi qanday amalga oshiriladi? 3.Korporastiyalar moliyasiga ta’rif bering? 4. Korporastiyalarga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 5. Investitsiya nima? 14 II BOB. MOLIYAVIY BOZORLARDAN JALB QILINGAN MOLIYAVIY AKTIVLAR BO’YICHA BAHOLARNI SHAKLLANTIRISH 2.1. Qimmatli qog’ozlar portfellari turlari va investitsion strategiya Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy qo’yilmalari samarali boshqarish tizimini shakllantirishni talab kiladi. Shu bilan bog’liq ravishda qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish tushunchasi amal qiladi. Korxonalarning portfel strategiyasi turli emitentlarning katta mikdordagi qimmatli qog’ozlariga qo’yilmalar qilish orqali shakllantiriladi. Fond portfellari deyilganda investorga tegishli bo’lgan turli muddatlarda qaytarilishi, har xil likvidlilik va moliyaviy risk darajalarida, turli xil daromad darajalaridagi moliyaviy instrumentlardan tashkil topgan portfellar tushuniladi. Portfellar shakllantirilish maksadlari bo’yicha: - bir tomonlama maqsadga qaratilgan portfellar bo’lishi mumkin; - balanslashtirilgan harakterda bo’lishi mumkin. Agar portfelda turli xil vazifalarni bajarish uchun har xil sifatdagi qimmatli qog’ozlar mavjud bo’lsa, bunday portfellar balanslashtirilgan portfellar bo’ladi. -tizimli harakterga ega bo’lmagan portfellar. Bunday portfellar aniq investitstion strategiyani ko’zda tutmaydi. Mazkur portfellar egalarining risklari yuqori darajada bo’ladi. Portfellar bir turdagi moliyaviy instrumentlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Shuningdek, portfellar bilan bog’liq daromadlar va risk darajasi nisbatlarini hisobga olgan holda ular instrumentlari (obligastiya, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar) nuqtai nazaridan o’zgartirilishi mumkin. Portfellar turlari - bu portfellarni ularning tarkibidagi qimmatli qog’ozlar turlari yoki ular oldidagi vazifalar nuqtai nazardan umumlashtirilgan tavsiflaridir. O’suvchi portfellar - kurs qiymati bo’yicha tez o’suvchi aktsiyalardan tashkil topgan portfellardir. Bunday portfellarning maqsadi - investor kapitalini ko’paytirish hisoblanadi. Daromad portfeli - yuqori darajadagi joriy daromadni olishga mo’ljallanadi. Riskli kapitallar portfeli - agressiv turdagi yosh kompaniyalar qimmatli qog’ozlaridan tashkil topadi(venchur kapitali yoki innovativ xarakterdagi investitsiyalar bunga xosdir). Balanslashtirilgan portfellar - turli muddatlardagi va turli risk hamda daromad darajalaridagi portfellar. Bunday portfellarning maqsadi - turli qimmatli qog’ozlardan pul tushumlarini ta’minlash hisoblanadi. Ixtisoslashtirilgan portfellar - maxsus moliyaviy instrumentlarni sotib olish hisobiga shakllantirilgan portfellardir(opstionlar, fyucherslar). 15 Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlardan tashkil topgan portfellar - nisbatan yuqori likvidli fond instrumentlardan tashkil topgan portfellardir. Uzoq muddatli qimmatli qog’ozlardan tashkil topgan portfellar- fiksirlangan daromadga mo’lljallangan qimmatli qog’ozlardan tashkil topgan portfellar(Korporastiyalar obligastiyalari). Hududiy va tarmoq portfellari - ma’lum hududlar yoki tarmoqlarning qimmatli qog’ozlari hisobiga shakllantirilgan portfellardir. Daromad va risklar nisbatlari bo’yicha portfellar quyidagi turlarga bo’linadi: 1) Agressiv investorlar portfellari. Uning maqsadi - yuqori darajadagi risk sharoitida yuqori darajada daromad olish hisoblanadi. 2) O’rtacha darajadagi riskka moyil bo’lgan investorlar portfeli. Belgilangan risk darajasida olinadigan daromadlar qoniqtiradigan qimmatli qog’ozlar bo’yicha qo’yilmalardan tashkil topgan portfellar. 3) Konservativ investorlar portfellari. Minimal risk va ishonchli ammo sekin o’suvchi kurs qiymatidagi qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar bilan bog’liq portfellardir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling