Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

 
 
2.2. Korxonalar qimmatli qog’ozlar portfellarini boshqarish va portfel 
daromadliligini hisoblash 
 
Qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish - portfel tarkibini rejalashtirish
tahlil qilish va uni zaruriy darajadagi likvidliligi, risk minimal sharoitda yuqori 
daromadligini ta’minlash shakllari va usullaridir. 
Qimmatli qog’ozlar portfelining masshtabi va vazifalariga bog’liq ravishda 
portfel egalari tomonidan boshqarilishi mumkin. Shu bilan birgalikda ishonch 
asoslarida maxsus yuridik shaxslar tomonidan boshqarilishi mumkin. Portfellarni 
boshqarishning bunday o’tkazilishi trast boshqaruviga o’tkazilishi deb atash 
mumkin.
Qimmatli qog’ozlar portfelini boshqarish doirasida rejalashtirish va 
nazoratning asosiy parametrlari sifatida quyidagilar hisoblanishi mumkin : 
- portfel daromadliligi; 
- portfel riski; 
- portfelni boshqarishning strategiyasini aniqlash. 
Portfellardan kutiladigan daromadlilik portfellar tarkibiga kiruvchi barcha 
qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlilikni ularning portfeldagi salmoklari 
bo’yicha o’rtacha tortilgan mikdorlarining yig’indisi bo’yicha aniqlanadi. 
Портфелнинг кутилаётган даромадлилиги ушбу портфелдаги бапрча 
қимматли қоғозларнинг ўрта курсаткичидан келиб чиққан ҳолда аниқланади: 
Яъни уни қуйидаги формула буйича аниқлаш мумкин. 

k
p
= ∑ x
i
k


i=1 
бу ерда k

– портфелдан кутилаётган даромадлилик; 


16 
x

- портфелдаги i- активнинг улуши; 
k
i
- i- активдан кутилаётган даромадлилиги; 
n - портфелдаги активлар сони. 
Masalan, korxonaning portfelida 2 ta turdagi aktsiyalar paketi mavjud. 
Portfelning umumiy qiymati 4 mln. so’mni tashkil qiladi. Shundan 3 mln. so’m A 
kompaniyaning aktsiyalarini sotib olish bo’yicha shakllantirilgan. 1 mln. so’m V 
kompaniyaning aktsiyalariga qo’yilma qilingan.
A kompaniyaning aktsiyalari bo’yicha kutiladigan daromad k

* 10%, V 
kompaniyaning aktsiyalari bo’yicha kutiladigan daromad k

* 15%.
Agar ularning ulushlari bo’yicha hisoblaganimizda 2 turdagi aktsiyalardan 
tashkil topgan portfelning o’rtacha tortilgan daromadliligi quyidagicha 
hisoblanadi: 
k

= 3/4 * 10% + 1/4 * 15% = 0,75*10% + 0,25*15% = 11,25%. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling