Karlibaeva R. H., Tashhodjaev M. M., Axunjonov U. M. Korporatsiyalar moliyаsi oliy ta'limning 340000 «Biznes va boshqaruv»


Kapitalni shakllantirish tamoyillari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/61
Sana16.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1273228
TuriУчебное пособие
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Bog'liq
portal.guldu.uz-KORPORATSIYALAR MOLIYАSI

5.2.Kapitalni shakllantirish tamoyillari 
 
Korxona kapitallarini shakllantirish tamoyillariga quidagilardan iborat: 
1. Korxona xo’jalik faoliyati rivojlanishining istiqbolli yo’nalishini hisobga 
olish. Masalan, savdo sohasida qarz kapitallarni shakllantirish qishloq xo’jaligi 
sohasiga nisbatan farqlanadi. Bunday farqlanish asosan, ulardagi aylanma 
mablag’lar aylanishining xususiyati va foyda meyorining har xil bo’lishiga 
asoslanadi. 
Nima uchun qishloq xo’jaligi davlat tomonidan qo’llab quvvatlash siyosatida 
kapitallarni shakllantirish siyosatidan ham foydalaniladi? Chunki, qishloq 
xo’jaligida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlari asosi mahsulotiga nisbatan 
davlat buyurtmalari mavjud. 
2. Kapitallar tarkibi, hajmini korxonalarda shakllantirilgan aktivlar bilan 
muvofiqligini ta’minlash.
Xususiy kapitallar rentabelligini oshirishga ulardan foydalanish samaradorligini 
oshirish bilan birga kapitallar tarkibidagi qarziy mablag’lar va o’z mablag’lari 
bo’yicha optimal tarkibni shakllantirish ham ta’sir ko’rsatadi 
3. Turli manbalar hisobiga kapitallarni shakllantirish bo’yicha xarajatlarni 
minimallashtirish. 
Akstionerlik kapitallarini ko’paytirish yoki foyda hisobiga o’z mablag’larini 
ko’paytiridan ko’ra kredit resurslarini jalb qilish korxonalar uchun oson 
hisoblanadi.
O’z mablag’larining ijobiy tomonlari: 
- Jalb qilishning soddaligi(foyda va boshqa manbalar); 
- Foydaning asosiy qismi ichki moliyaviy manbalar hisobiga korxonada 
qoladi; 
- uzoq muddatga korxonaning to’lov qobiliyatini ta’minlaydi va korxonaning 
rivojlanishini moliyaviy barqarorligini ta’minlaydi. 


36 
Kamchiliklari : 
- jalb qilish imkoniyatlarining cheklanganligi; 
- qarz mablag’lariga nisbatan qiymatining yuqoriligi(agar foyda ko’p bo’lsa); 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qarz mablag’larni jalb qilish hisobiga faoliyat 
ko’rsatish har doim ham korxonalarnig moliyaviy nochorligini anglatavermaydi. 
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha qarz olib ishlash agar qarz mablag’larni oqilona 
strukturasini ta’minlash va ularni samarali boshqarishni tashkil qilinsa 
korxonalarning o’z mablag’lari retabelligini oshirilishiga olib keladi. Bu moliyaviy 
menejmentda moliyaviy richag samarasi deb atalib moliyaviy richag samarasi 
to’lovli bo’lishiga qaramasdan qarzga olingan mablag’lardan foydalanish evaziga 
o’z mablag’lari retabelligini ortishiga aytiladi. Endi shartli ravishda 2 korxona 
misolida buni ko’rib o’tamiz. 
3-jadval 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling