Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet6/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Сахройи

SHAXARNING KO‘CHASI
Shaharning keng, avtomobillar gavjum bo‘ladigan ko‘chasi. Shu ko‘chaning bo‘ylarida ikki Oliygoh va Respublika shifoxonasi qad rostlagan. Shu sabab ham ko‘cha bo‘ylab yo‘l chiroqlari ko‘p o‘rnatilgan. Bu mashina haydovchilarini xunobini uyg‘otadi. Avtobusda o‘tar ekanman bir keksa onaxon ikki kundan buyon yo‘l chirog‘iga to‘xtab turgan mashinalardan pul so‘raydi. Ammo, ixlos bilan qo‘lini duoga ochib duo qilar-u onaxonni yo‘l chirog‘i va haydovchining xunobi to‘xtatadi. Keksa onaxonning bu holati uning kasbi bu emasligini sezdirib qo‘yadi. Chunki, hech kim yo‘l chirog‘ining bir yonib o‘chishi davomida faqat bitta mashinadan pul olib duo qilib turmaydi. Sezdimki, onaxon bu yerlik ham emas. Bilsam onaxonning nabirasi shu ko‘chadagi shifoxonada ekan. Viloyatdan kelib turish va nabirasining kasalligi ancha qiynab qo‘yibdi. Onaxonning mashina derazasi yonida turgandagi uyalishlarini men kabi boshqalar ham sezganda edi. Onaxonni boshqa yulg‘ichlarga ko‘rsatilagan hurmat bilan siylashmas va onaxonning duolarini ikki qo‘llariga kibr toshini osib mensimay shunchakiga olmas edilar. Soddagina onaxon shaharning insonlarini bilmas, mashina derazasi yopiq bo‘lib, mashina ichida chet elning musiqasi bong urib yotgan bo‘lsa ham mashina derazalari oldida:— “Bolam, biroz yordam berib yuborolasizmi?”, deb qo‘lini duoga ochib turaverar edi. Ba’zida shaharning ko‘klari mashina derazalarini tushirib: — “da, shto gavari? Tezroq gapiring!!!”, deb gapirib qolishsa, til bilmas onaxon, —“Bolam! Bolam...” deya ko‘zlariga mo‘ltirab boqar. Ammo, ular bu holini soxtalikka yo‘yib kalaka qilib savolga tutishar, onaxon esa o‘z xijolatidan yana ham qizarib, o‘zi bukchaygan sifat jussasi yana ham bukchayib qolgandek ko‘rinar edi.
Bir kuni o‘sha onaxon yo‘lni ikkiga bo‘lgan va o‘rtasiga gullar o‘tqazilgan to‘siq ustida o‘tirib qo‘lida kichik, qora, beli bog‘langan telefonini quchoqlab yig‘lar edi. U o‘ksib-o‘ksib, shifoxona tomonga qarab yig‘lar. Eski zanglagandek uzukli mallarang, chayir qo‘lida esa g‘ijim va hilviragan besh-o‘ntaga yaqin ming so‘m edi. Yo‘l chirog‘i qizil bo‘ldi. Mashinalar to‘xtar ekan, shifoxona tomonga qarab, beli bog‘langan kichik telefonni bag‘riga bosib yig‘layotgan onaxonning yoniga pul tashlab o‘tishar, ko‘plab mashinalar to‘xtaganidan yo‘l chirog‘i yashildan ham o‘tib yana qizil yondi. Ona esa yig‘lar edi...

Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling