Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet4/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Сахройи

OLTIN MO‘Y
Qizilg‘ishtdan qurilgan hashamdor ko‘p qavatli binoning eshigini o‘smir 18-17 yoshlar chamasi, ko‘k shim va qora futbolka kiygan va sochlarini orqaga bitta qilib yig‘ib yaponlarniki kabi to‘g‘nog‘ich qadab olgan qiz qo‘lidagi qora paketlari bilan telefonini avaylagancha qo‘li bilan emas yelkasini eshikka berib ochdi. Eshikning kodli ekanligi va ha deganda ochilavermaganligi xunob qilgan shekilli peshonasida qolgan ipdek bir chiziqda saf tortgan qosh chimirilgan. Uning asabiylashganini bir chiziq qosh emas, faqat peshonasidagi bir to‘p bo‘lib turgan chin bildirar edi. U asabiy xolatda eshikka yelkasini tirab ostonada turib qoldi va so‘ng chet elning qo‘shig‘ini qo‘ydi-yu, telefoniga boshini egib qaraganda yuziga tushgan sochni esa puflab ko‘zidan uchirdi. So‘ng eshikni qo‘yib yubordi. Eshik zarb bilan borib yopilib, tovush chiqardi va qizga araz qilgandek darhol qulflandi.
Qiz esa noz bilan oyog‘idagi shippakni yerning yuzida sudrab qadam bosib yuraboshlar ekan, uning boshi qo‘shiqqa mos tebranadi. Yo‘lida davom etar ekan qirmizi qilib bo‘yalgan labi o‘rtasidan bir oq shar hosil bo‘lib “-pufff” degan tovush chiqib yorildi. Qiz esa biroz yumshab ko‘pqavatli bino eshigidan yiroqlashar ekan, binoning 3-qavati derazasidan bir ayol qizga: —“Qo‘shiq eshitmasdan borgin shunga!!!”, deya yonveriga qarab so‘z qotdi.
Qiz esa qo‘shiq ovozidan 3-qavatdagi tovushni anglamagan bo‘lsa ham yana ham asabiylashgan namoda ayolga qarab ovoz chiqarmasa ham to‘xtab, lablari so‘zning har bir harfini aytib “Xo‘p” deb ters buruldi-yu, qo‘lidagi pakayetchalarni uquvsizlarcha ko‘tarib yo‘lida davom etardi. Bir qo‘lidagi paketni o‘zidan uzoqroq, jirkanibiroq tutib borar edi.
U axlat xonaga yaqinlashdi.
Yaqinlashdi-yu, 2 hafta avval chiqindi tashlash uchun kelgada ko‘rgan oriq, sariqrang itning jasadini temir chiqindi kanteyniridan ko‘rdi va yuzi burishdi. U avval kelganda bu itni shu yerda chiqindilar orasida, axlat titib yurganini ko‘rgandi. O‘shanda chiqindi olib kelganini ko‘rib uning chiqindini tashlashini sezib o‘zini chetga olib dumini likkillatib aybdorona qaragandi.
Hozir esa u itning jasadi chiqindilar ustida turar, ko‘zlari ichida qurt g‘ujg‘on. Qiz bundan jirkanib qo‘rqib qo‘lidagi axlatni shoshilib itning jasadi yotgan kanteynirga tashladi-yu, ortiga irganib burildi.
Tashlangan axlat paketlarining biri yirtilib itning oltinrang mo‘yli jasadini mog‘or bosgan suyuq ovqatga beladi.
Qiz esa ortiga qaytar ekan telefoni jiringladi. Yumshoq ovozda tabassum va noz bilan salom berdi. Ko‘p qavatli binoning yoniga kelar ekan avvaldagi ayol yana yonveriga qarab so‘z qotdi: — “qiyin emasmi ekan???”.
Qiz eshitsa-da, parvo ham qilmay mayda-mayda qadamlar tashlab noz bilan bino oldidagi o‘tirg‘ichlar tomon yurdi.
Itning esa jasadi allaqachon bitay deb qolgan edi...


Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling