Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet3/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Сахройи

FARISHTA
Quyosh hali otib ulgurmagan – uzoqdan ko‘rinib turgan tog‘ yelkasidan hali beri nur oshmoqchi emas, savlatli mevali daraxtlar osmon zangoriligiga qaramasdan yashil barglarida tun choklarini tutib qolgan kabi qora, ammo mayin shabada barglardagi tun choklarini silkib tushirmoqchidek ularni erkalaydi, ular esa xandon otgan kabi tovush chiqarib, saboga qo‘shilib mayin kuy yaratadi. Inosonlar esa bu kuyga mast bo‘lib uxlamoqda, ammo deraza tepasiga ilingan pardaning tashqariga chiqib xiromon raqsga tushishi va har pardani ko‘kka qo‘l cho‘zishi uy ichidan bizga xabar berardi. Oq deraza yonida jajjigina bola endi o‘rnidan bosh ko‘targan, uning to‘zg‘igan qora sochlari bolishga araz qilgan kabi yuz o‘girib, bolishga bosh qo‘ygan tomoni tik turib qolgan, yo‘l-yo‘l oq va ko‘k rangli yoqalik ko‘ylagining tugmalari ochiq, jajji jusasiga kiygizilgan jajjigina oq maykachasi ham ko‘rinadi. Belidan pastini oq yupqa ko‘rpacha o‘rab olgan, pastgina derazadan tashqariga qarab o‘tirgan ko‘yi ko‘z uzmaydi. Derazadan tashqarida esa oq kiyimli bir kishini ko‘rdi. O‘zi kimligini topmoqchi bo‘ldi-yu hayoliga buvisi quchog‘ida eshitgan oppoq farishtalar birinchi bo‘lib keldi.Ammo samovardan suv olingandan so‘ng farishta kecha to‘yda ishlatilgan bir talay idishlarni yuva boshladi. Bola tikilgan tomonidan ko‘z uzmay kechagi voqealarni eslay boshladi: Kecha ularning uyida akasining to‘yi bo‘lgani esiga tushdi, ammo hovilaridagi keng qilib tayyorlangan joyda kecha odamlar gavjum bo‘lgani, akasi—Shohsuvor bilan hali ko‘rmagan yangasini esladi-yu qolganini eslayolmadi,chunki o‘rtoqlari bilan uzakun o‘ynab charchab uxlab qolgan edi. Shu vaqt akasi —Shohsuvorning deraza oldidan o‘tishi Begzod yotgan xonani hali ham tunsifat tong yorug‘ligidan to‘sdi va xonaning Yana ham qorong‘ilashishi Begzodni kechagi voqealarni eslashdan to‘xtatdi. U biroz qo‘rqdi, ammo akasi ekanligini bilgach indamadi. Akasi oshxona tomonga o‘tib to‘g‘ri Farishtani oldiga Bora boshladi, u:—Akam uni tutib olmoqchi deb o‘yladi, lekin farishta uning akasiga cho‘chib qarab:— Qo‘rqyapman shuyerda Turing, iltimos degan gapini eshitdi. Akasi:
— nega qo‘rqasan hovlida hech narsa yo‘q, ana it ham bor.
Farishta qo‘lida lagan bilan :
— a-a-a qani men ko‘rmadim-ku, deb akasini ortiga yashrindi.
Akasi:
— jim, bobom bilan buvim so‘ridalar deb kulib qo‘ydi. Lekin ularni suhbatini deraza yonidagi Begzoddan boshqa hech Kim eshitmayotgan edi.
Farishta:
— siz kuling, qo‘rqdim.Deb yig‘lamsiradi.
Shohsuvor:
— iy, buni, aytdim-ku shartmas tong osin Deb. Farishta esa Shohsuvorning yuziga boqishdan uyalib:
1. Uyalaman! Dedi.
Shohsuvor:
— Bomdodga turishadi hamma endi.
Farishta:
— iy ketmang,Deb Shohsuvorning bilagidan tutdi.
Shu payt hovlining nargi tomonidan Begzod Onasining kelayotganini ko‘rdi. Shohsuvor esa oshxonadan keyingi xonalar tomonga o‘tib ketdi.
Begzodning onasi:
Iymona opa, Farishtaning —Musavvarning ovsini oshxona tomonga burildi. Kelin salom berishga hozirlik ko‘rib, xalal bermsligi uchun uchlari belga bog‘langan katta oq ro‘molni uchlarini yechdi. Iymona opa saralangan so‘zlardan Sara niyatlarni uch bora astoydil hurmat bilan egilib berilgan salomga teng qilib aytdi. Keyin ayollarga xos salomlashish bilan kelin uxladingizmi o‘zi charchagansiz baribir uzukun.
Musavvar:
— yo‘g‘e raxmat!
Iymona opa:
— Siz hozir Shahsuvorjonga qarang erta ketadilar ishga, hozir bobom bilan buvim, qayinona va qayinotamiz ham namozga turadilar ularga o‘zim qarayman.
Musavvar qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib —ho‘p, uzur opa sizga tashlab ketyapman.
Iymona opa:—Bu qizni gapini, qo‘ying! Tez Shohsuvorjonga qarang.
Musavvar deraza yonidan uzun libosining va uning ustiga tushib turgan ro‘mol munchoqlarini jaranglatib o‘tdi. Farishtaning yangasi ekanligini bilgan Begzod tong uyqusi bilan yana bolishga boshini qo‘ydi
* * *
Musavvar xonalariga kirdi, Shohsuvorning javondagi kiyimlarini hayolida bir -bir unga kiygizdi. Qo‘lida tutgani yoqdi, shekilli.Bir erkalanish aralash tabassum qildi-da kiyimlarni javondan oldi. Xonaga shu vaqtda Shohsuvor kirib keldi. Yuzlarida tabassum qaynab sochiq tutgan Musavvar qo‘lidan sochiqni olib yuzqo‘lini arta boshladi. Musavvar tashqariga chiqmoqchi edi.
Shohsuvor:
— Musavvar! dedi.
Endi pardani ochib eshik tutqichini ushlagan Musavvar, bunaqangi tovushda ismini eshitmagan edi, turgan joyida yuzini Shohsuvorga berdida:
— Labbay, Shohsuvor aka dedi. Bu ohangdagi so‘zlar ular endi hoxlaganicha aytishi mumkin bo‘lgan va uzoq kutilgan so‘zlarning ularning hayotidagi ilk bora aytilishi edi. Ular o‘zlarida hozir nima his qilyotganlarini shunaqangi aniq sezdiki birlari parda ichidan, birlari kıyım javoni va to‘shak yonida qo‘lidagi oqsochiqni tutgan holida turib tabassum qildilar.
Musavvar ertalabgi nonushtani qilish uchun shoshildi. Iymona opa bomdodga barcha yig‘ilguncha kelinga uy, oshxonalarni tanishtirdi. Bomdodga barcha hovli o‘rtasidagi Shohsuvorlarning xonasidan keyingi ayvonga yig‘ildilar.
Musavvar xonasiga kirib oq ro‘molini oq sariga almashtirdi, oynaga qaradi va ro‘molini sarining joyiga qo‘yib tashqariga chiqdi. Ayvondan so‘riga kelyotgan Bobo va buvisiga,dadasi,oyisiga, amakisi,opasiga alohida-alohida tazim qildi. Qo‘llari qaltiradi ammo buvisini quchoqlab, peshonasidan o‘pganlari buni yo‘qotdi. Oyisi ham quchoqlab, qaynonasi kelinining peshonasidan o‘pgani uchun qaynonasining hurmati balnd ekanligini bildirib yuzidan o‘pib uni serdavlat, serfarzand bo‘linglar deb niyat qildi. Bobosi esa so‘riga chiqib olgandan so‘ng qo‘lini duvoga ochdi, ayvondan chiqib kelayotgan Shohsuvorni ko‘rib, Shohsuvor bolam kel kelin bilan o‘tir dedida, uzoq duvo qildi. Shunda so‘ri chetida birbiriga uzukka ko‘z qo‘ygandek bo‘lib o‘tirib uyalganidan boshini quyi solgan ikki juftlikni buvisi qo‘lni duvoga ochgan holida nevarasi Shohsuvorning onasiga kulib qarab imladi. Ona esa kulib boqilgan quvonchga shuncha quvonch bilan javob qaytardi.

  • * *

Shohsuvor xonasida Musavvar saralagan kiyimlarni kiya boshladi. Ular bir biriga hech so‘z aytmas, misoli bir biriga tushib qolgan ko‘zlar suhbat qurar edi. Bir biriga boqib turgan ko‘zlar kiprik qoqmas, faqatgina lablarda ko‘zlar orqali berilgan savollarning javobi tabassumga aylanib, oshkor bo‘lar edi. Shohsuvor shunda bir so‘zni ilojsiz tilda aytdi:— Musavvar bormasam bo‘lmaydi bu ish.

  • * *

Shohsuvor:
—Yanga!
Iymona opa:
—Xov,eshitaman Shohsuvorjon!
—Akam hali chiqmaydilarmi ishga, mashinani chiqarib olsam ?!
— Ha endi chiqadilar, kalitni beryotgandilar o‘zi —mashina xalaqit beradi Shohsuvorga deb. Mana!
Shohsuvorjon Begzodni uyg‘otib bersangiz, men uyg‘otolmayapman uyqusi qattiq, sizga o‘rgangan juda!
—Ho‘p bo‘ladi!
Musavvar uni izidan yurib Begzodni oldiga bordi.
— Bek, Tık sochlarini yotqizish uchun siladi. U ko‘zlarini ochdi.
—Bek men ketyapman.
Begzod ko‘zini ochdi-da akasini ortidan turib unga tazim berayotgan Farishtani ko‘rdi. U hayron bo‘lib qarab qoldi, o‘rtoqlarining yangalarini ko‘rgan, lekin o‘zining yangasi ulardan boshqacha edi.
Shohsuvor Hazil qilib — Qo‘rqma Begzod o‘rganib ketasan, nima ham qilamiz endi peshona. Shunda Musavvar egilgan ko‘yi sarini ko‘tarib unga kulib qarab turgan Shohsuvorga so‘ng Begzodga kulib qaradi. Sarisini ochib —Assalomu alaykum! yaxshimisiz ?!. Akangiz hazillashdilar dedi. Uning yoniga kelib qo‘l tutdi. Qo‘lga tashlangan kichik qo‘l o‘pildi.
—Bek turdik- a endi ? Yangang bilan choy ichib ol, birga yur ho‘p. Men ketmasam bo‘lmaydi.
Musavvar Begzodni ko‘zlarini Shohsuvor akasining ko‘zlariga o‘xshab ketishini sezdi va ustiga ustak shirinligidan uning yuzlaridan o‘pib oldi.
Shunda Begzod sari tagida to‘lg‘anib, toshib turgan sochlar qo‘yniga tushganini, unda juda shirin ifor taralyotganini sezdi. uning ko‘zlarida allaqanday onasini, buvilarini ko‘zida porlab turadigan tanish bo‘lgan narsa bor edi.
—Bek, turasizmi ?
—Ha, turaman!

  • * *

Begzod o‘zi tenggi bu yanggasini juda yaxshi ko‘rib qoldi. Kun bo‘yi birga yurib hovli-uylarni ko‘rsatdi. To‘ydan so‘ngi yumushlar ularni charchatdi.

  • * *

Oqshom. Oila jam lekin Begzodning dadalari MUHAMMAD va Shohsuvor aka yo‘q.
Ular har doimgidek xuftonga yaqin kelishadi. Shu sabab ular birga choy ichishadi. Bu safar, avval Shohsuvor keyin Muhammad aka keldi, Muhammad aka, Shohsuvorga— Mashinani tez haydama deb kulib qo‘ydi.
Musavvar salom bilan kutib oldi.
Shohsuvor kiyimini almashtirish uchun xonasiga kirdi.
Musavvar esa tabassum bilan:
— Assalomu alaykum Charchamadingizmi ?
Shohsuvor kulib qarab:
— charchadim, dedi.
Yana ko‘zlar suhbati jim davom eta boshladi. Musavvarning qo‘lida Shohsuvorning yechilgan oq ko‘ylagi.
Musavvar:
—Butun kun yillarga cho‘zilib ketgandek bo‘ldi .
Shohsuvor:
— nega, oldingdaman, shunaqa emasmidi orzular deb Musavvarga qosh qoqdi-da jilmayib, sen ham yonimdasan dedi.
Musavvar:
— Bu kunlarni bergan yaratganga ming qatla shukur!
Shohsuvor:
—Shukur, Deb Musavvarning yanog‘iga tushgan sochlarini sariysi tagiga yashirdi.
Musavvar termulib:
—xufton bo‘ldi dedi.
Shohsuvor tashqariga chiqdi. Akasi namozga tayyorgarlik ko‘ryotganini ko‘rdi, vannaga qarab yo‘l oldi.
Namoz o‘qib bo‘lingach. Choyga o‘tirishdi.
Musavvar Uyala -uyala choy uzatdi. Keyin Begzod bilan xonasiga kirib ketdi.
Ular esa choy ustida suhbat qurib biroz o‘tirishdi.
* * *
Shohsuvor xonasiga kirdi, Begzod va Musavvar uxlab yotishardi. Ayvondan yangasini ovozi eshitildi:
— Shohsuvorjon Begzod shu yerdami, allamahal bo‘lib qoldi uxlatsam degandim.
— Yangga havtirolmang uxlayapdi shu yerda.
— Bugun rosa sho‘xlik qilgandi. Uyg‘otolmaysizmi?
Shohsuvorjon!
— Yanga nega ?!
— Sizlarni ham bezovta qilib deymanda. Rahbarlik ham onsonmas charchagansiz buyog‘I to‘ydan so‘ng dam ham olmadingiz.
—Bemalol, yotaversin birga yotib men ham o‘rganibman Bekka!

  • * *

Begzod Musavvarni bo‘ynidan quchoqlab olgan, ikkisi ham uyquda, ular o‘ynab o‘tirib uxlab qolgan bo‘lsa kerak, to‘y charchatibdi. O‘zi ham charchagan to‘ydan oldingi yugur-yugurlar, to‘y kunidagi mehmonlar bilan so‘rashish, tik turishlarni eslasa hozir ham charchog‘i chiqmagan.
Uni kompyuterda ishlari bor edi, ammo u bir oz mizg‘ib olmasa to‘ydan avvalgi va to‘y, bugun ishga borish, ustiga -ustak to‘y yumushlari bilan qo‘shilib ketib uch tundan beri uyqu bermagan ish, charchoq jilovsiz holga kelgan edi. Chimildiqning Ochiq tomonidan to‘shakka o‘tdi. Negadir yuragi boshqacha ura boshladi bir qo‘rquv, bir Musavvarni ko‘rib turganidan hotirjam, avval yuragi bunday urmagan, yurak urishi o‘ziga ham sezila boshladi. O‘ng qo‘lini egilib to‘shakka qo‘ydi qo‘li to‘shakka botdi. O‘tirdi lekin yotolmadi, unga bu tushunarsiz holat bo‘ldi yotay desa oldida Musavvar borligi unga yotish noo‘rindek hisni berdi, tushunarsiz hodisa bo‘ldi yo birinchi Bora Shunday holatda ALLOH bergan jufti haloli bilan yotayotganimikin. Yolg‘iz yotib -turishlar uni o‘z hobgohidan berib yuborishni istamadi, ammo endi doim Shunday bo‘lishini ham biladi yo‘q u yotolmaydi. Turib kompyuterda qilishi kerak bo‘lgan ishlarini tugatmoqchi bo‘ldi, chimildiqni ochiq tomonini sekin tushura boshladi. Chimildiq yopildi, ammo Musavvar charchagani sabab ko‘zi uyquga berilganini anglab uyg‘ondi. Kompyuter ishlayotganini sezdi. Turmoqchi edi lekin Begzod uyg‘onib ketishi mumkin. U hayron qoldi kecha tuni bo‘yi uxlamaganliklarini rostini aytganda chimildiq oldidagi dasturxon ustida tonggacha yillab, kerak bo‘lsa intiqlik tarozisi million yillarni ko‘rsatuvchi vaqtlar davomida kutilgan suhbat qurildi, ko‘zlar porlashidan xonalar chirog‘i ojizlangan edi. Ammo uning turmush o‘rtog‘i kunduzi ishga borgan bo‘lsada Yana kompyuterda ishlayotganiga hayron edi. U o‘zida nimanidir his qildi, shekilli, jilmayib Begzodni quchoqlab qo‘ydi. U endi uxlay olmaydi bugun kundavomidagi sog‘inish hissi qonmaguncha uxlay olmaydi. Unga har bir bosilgan klavsh ovozi nimadir berar edi.
Sog‘inchini bosyotgan edi. Ammo bir so‘z deyolmaydi.

  • * *

Gʻira-shira tong klavishlar bosilishdan to‘xtadi. Musavvar kutdi,ammo klavishlar takror tovush chiqarmadi. U bir qo‘li bilan chimildiqni ko‘tardi. Qarasaki, kompyuter oldiga qo‘yilgan kresloda o‘tirgan Shohsuvor kresloda o‘tirgan ko‘yi uxlab qolibdi.. Musavvar ohista turib, kompyuterdagilarni saqladi. Shohsuvorga yuzlandi, u qaragan sayin ko‘zini uzgisi kelmasdi yumulgan ko‘z ustida saf tortgan kipriklar, qalin qora qoshlarga qo‘l cho‘zib turardi. U shu onda bu soqchilar qo‘riqlayotgan timqaro gavhar uyg‘onmasidan o‘zini qo‘lga oldi, uni bilagiga qo‘lini qo‘yib, so‘ng uni sekin —eshitish qiyin bo‘lgan tovushda uyg‘ota boshladi, gohida Begzodjonga ham qarab qo‘yardi uyg‘otib yubormay deya, lekin Shohsuvor ilk aytilgan bu sehirli ovozdan uyg‘ongandi. U uyg‘onganida o‘ziga tabassum bilan boqib turgan Musavvarga qarab turdida, meni tongda uyg‘ot deb o‘rnidan turdi . Yotoqdagi Begzodni oldiga kelib yotdi va unga qarab qo‘ydi-da boshini ostidan qo‘lini o‘tkazdi.
Begzod uyg‘ondi:
— Aka, ketyapsizmi dedi uyqu aralash ?
Shohsuvor ham Begzod kabi uyqu aralash —yo‘q, bugun yakshanba deb gapini oxirini tugatolmay uyquga ketdi. Begzod esa xursand bo‘ldi, shekilli, akasini pinjiga kirib oldi. Ularga qarab turgan Musavvar suhbatlarini kulib kuzatib turardi. U ham joyiga yotmoqchi bo‘ldi, o‘tirdi, lekin hech yotishga hoxish qilmadi.
U Shohsuvor akasining oldida uyquga ketishga iymandi, ammo Begzodning orqa tomonidan sirg‘alib yotoqdan glamga cho‘kkaladi, qo‘li bilan Begzodning boshi ostidan o‘tgan Shohsuvorning qo‘llarni ushladi, kaftiga kaftini qo‘ydi. Barmoqlarini yozib kaftini o‘lchamoqchi bo‘ldimi, ammo yozilgan barmoqlar Shohsuvorning kafti ichida barmoqlarning ikkinchi chiziqlaridan o‘tdi-yu uchunchi chiziqlariga yetmadi. Kaft ichidagi kichik barmoqlarni sezgan barmoqlarning har biri o‘z juftlarini quchdi. Musavvar bu ishidan uyaldi, shekilli, Shohsuvorga qaradi Shohsuvorning ko‘zlari uyquda, u Shohsuvorga qarar ekan: Uning pinjidagi Begzodjon akasining bilagiga boshini qo‘yib Shohsuvor akasini achomlab yotar – Begzodning qo‘llari akasini bilagiga tegib turibdi. Musavvar orzular ichida o‘ysurdi, shekilli, boshini to‘shakka jilmaygancha qo‘yib ulardan ko‘z uzmadi. Shu zayilda biroz o‘tirdi.
So‘ng o‘rnidan turdi, toshoyna yoniga o‘tirdi, so‘ng kiyimlar javonini ochdi, egnidagi uzun libosidan ham uzunroq oq shohiatlas oldi. Toshlar bilan bejirim qilib bezatilgan nimchasini va kechagi oq ro‘molining yonidagi ikki uchida tillorang popugi bor katta oq ro‘molini ham oldi. Hatto qorong‘uda ham tovlanib turgan, bu beldan pastgacha taralgan o‘rma soch o‘rimidan birma bir yechila boshladi. Oyna oldidagi stulda o‘tirgan Musavvarning sochlari yerga tegib turar, tarqatilyotgan sochlar, esa shoshqin soy suvlarining hosil qilgan sharsharasini eslatar edi. U orqasiga o‘rilgan sochini tashladi, o‘rilgan soch Yana xona ichiga yoyib to‘shalgan gilamlarni o‘pdi. Bu o‘rib bo‘lingan timqora sochlarga himoyachi qilib avval zarhal do‘pini, So‘ng keng oppoq ro‘molni tayinladi.
* * *
Ular baxtning ichida baxt yaratib yashashardi. Bir marta boqilgan ko‘zlar olamlarni unitib o‘z olamlarida yashab ketishar, misoli ularning o‘z tili bor-u, jim bir-biriga qarab suhbatlashib ketolishardi. Bularning barchasi Begzodga sirli tuyular chunki ba’zida Begzodni unutib qo‘yishgandek jim qolishardi, ammo uning yangasi va akasi unday qilmaydi hech qachon. Uning yangasi rostdan Farishta bo‘lsa kerak deb o‘ylab qoladi, chunki uning har istagini bajo keltiruvchi, u bilan tengdosh kabi o‘ynab opichlovchi va buvisidan eshitgan ertaklardagi farishtalardek chiroy yana kimda bo‘lishi mumkin. Lekin o‘tgan kun buvisi yangasiga yashil chiroyli joynamoz sovg‘a qilganda. Uning chiroyliligini ko‘rib u: —yangajon menga Bering bitta ko‘ray – deb, berishini ham kutmay quchoqlab xarxashalik qilganda. Buvisi — Begzodjon yangangizga unday qilmang ho‘p bolam! – Deyishi va yangasiga Begzodjonni ko‘tarmang og‘irlik qiladi deyishi yangasining undan so‘ng o‘ychan bo‘lib qolgani unga tushunarsiz bo‘ldi. Yangasi avvalgidek Begzodjonni erkalab quchmas u negadir o‘y surib qoladigan bo‘lib qolgandi. Shohsuvor ishda ko‘p bo‘lgani uchun tabiyki, hech kimga yorilolmas, Shohsuvor akasini esa avval qancha sog‘inch bilan kutgan bo‘lsa, endi bu holatida sog‘inchi ikki martalab oshgan uning jim quriladigan suhbatlarga yuragi chidamas agar ko‘zlar tutashib qolsa o‘y-dardi yana oshar edi.
Shohsuvor ham choy ustida barchaning qulog‘i unda ekanligini, kerak bo‘lsa ba’zida undan nimadir kutyotganlarini sezar edi. Ammo bundan u hayron bo‘lardi, lekin fikr yuritganida vaqt ular uchun orzu qilgan hayotlari, yıllar davomidagi kutilgan baxtlarini topganlari sabab to‘xtagandek bo‘lgani bilan, vaqt bir so‘z deyishga haqli bo‘lib boryotgandek edi. Bu uni ham o‘yga solgan, Musavvarning ko‘zlariga qarash yelkalariga butun boshli tog‘larni qalar, uni so‘ngi paytlarda o‘ychan ko‘rish esa uni sekin asta ich-ichdan yemira boshlagandi, lekin u hech qachon bu to‘g‘risida Musavvarga so‘z demoqchi emas. Uni avvalgidek ko‘rish uchun harakat qilar, lekin Musavvar bulardan o‘zini holiroq joyga olib qochgisi kelgandek bo‘lar, bu esa Shohsuvorga davosiz darddek og‘riq bilan aybdorlik hissini berardi.
O‘tgan kun Musavvar hovlidagi so‘rida ikkisi o‘tirganda so‘ri oldidagi olma daraxtiga ko‘zi tushdi, tun libosidagi daraxtlarni yoritgan shulalar unga o‘rtacha kattalikdagi qizara boshlagan olmani ko‘rsatdi. U bahorning ilk olmasini ko‘rgani yoki tun bo‘lsada olmanı ko‘rib qolgani uchunmi, quvonch bilan olmani ko‘rsatib Shohsuvor aka olma deb yubordi. Shohsuvor anchadan buyon ikkisi o‘tirib, hali so‘z ochilmagani va uning hayolida anchadan buyon bir fikr javobsiz aylanyotgani uchun u shart o‘rnidan turib, daraxtga chiqdi va olib tushib mehir bilan Musavvarga tutdi. Musavvarning qo‘llariga olma tutib, uning ko‘zlariga boqib turgan —uning oromi bo‘lgan ko‘zlarga Musavvar qaray olmaydi. Undan pinhona tutmoqchi bo‘lgan savollariga Musavvar javob berolmaydi. Musavvar faqatgina bir shu so‘z uchun buncha narsa qilinmsligini biladi.
Unga yuqoridan boqib turgan ko‘zlarga, jajji bolalarnikidek beg‘ubor ko‘z, gunohkorlik hissi ko‘zyoshlariga ilinchsiz, ilojsiz cho‘kib boryotib mo‘ltirab qaradi. Shohsuvor bu ko‘zlar nima demoqchiligini, bu ko‘zlarda nimalar borligini tushundi va Musavvarni uning bag‘ridan yulib olishyotgandek bo‘ron bo‘lib bag‘riga bosdi. Musavvar esa ko‘pdan buyon Shohsuvor akasi sog‘inchiga to‘ymaslik va ichini ko‘pdan buyon kemiryotgan o‘ylar iztirobi dilini o‘rtab yurganligi sabab to‘lib, Shohsuvorning bag‘rida bir qo‘lida olma ushlagancha sassiz yig‘lay boshladi. Shohsuvorning yelkasidagi yuk ming bora og‘irlashdi. U bir so‘z deyolmay ich-etini yeyar edi. Musavvar pinjidan chiqishga harakat qilar, u esa hech qo‘yib yuborgisi kelmasdi. U uyalyotganini anglab, Musavvarni quchog‘idan bo‘shatdi, Musavvar esa ko‘zida yosh bilan xonalariga qarab shoshilib kirib ketdi. Shohsuvorning ichi aybdorlik hissi bilan yona boshladi, lekin bag‘ri muzlay boshladi. Qarasa ustida kiyimi Musavvarning ko‘zyoshi tomganidan nam bo‘lgan ekan. U so‘rida qolib o‘ziga kelib olmoqchi edi, lekin Musavvar... .
U xonaga kirdi, xona qorong‘u, Musavvar to‘shak yonida o‘tirib yig‘layotgandi. Uning yoniga o‘tirdi. Musavvar xo‘rsina-xo‘rsina: —Shoh-su-vor a-ka! Oyimni sog‘indim dedi-yu, Shohsuvorning bo‘ynidan quchoqladi. Shohsuvor: — ertaga olib boraman, xo‘p?! Faqat yig‘lama – dedi.
Musavvar o‘ziga to‘xtovsiz beryotgan savollarni javobini o‘ylab o‘kinib yig‘lardi. Uning uchun savollarning ba’zilari shunchalar qo‘rqinchli ediki, Shohsuvorni hozir quchog‘idan qo‘yvorsa uni keyin hech topolmaydigandek tuyular, lek qo‘yib yubormasa-chi…?
Mana shu ” lekin ” hech uni tinch qo‘ymayotgandi.
Shohsuvor esa uning oldida so‘z so‘zlashga-da haqqi yo‘qligini his qilib, o‘zi bilan Musavvarni ham baxsiz qilyotganini o‘ylab, o‘zidan nafratlanib ketardi. Shunchalar nafratlanyotgan ediki, gohida o‘zidan qizg‘onadigani, hozir uni tutib turmaganda edi, Musavvarni oldidan hozir yiroqlashgan bo‘lar edi. U ham yig‘lamoqda, yupatmoqchi bo‘lib, ammo o‘zini yupatishga ilinj topmay yig‘lamoqda. Ko‘zyoshlarini ichiga to‘kib yig‘lamoqda.
Qorong‘u xona sukunatga cho‘mdi. Faqat, derazalarni yashirgan
3 qat darpardalar orasidan yuzida dog‘ bilan to‘lin oy hamdard bo‘lib boqa boshladi. Ammo ularning bosh ko‘tarishga-da hollari yo‘q Musavvarr tun yarmigacha yig‘ladi. Musavvar yig‘lay-yig‘lay Shohsuvor bag‘rida uyquga ketdi. Shohsuvor uni to‘shakka ko‘tarib o‘tqazdi. Uni qo‘ymoqchi bo‘ldi, ammo uyquga ketgan bo‘lsada, iztirobdan ikki qo‘l bilan qattiq ushlangan o‘zining yoqasiz oqko‘ylagining bag‘rini ko‘rdi. U Musavvarga boqdi o‘smalangan ko‘zlarning kipriklarida yosh qotgan. Bitta qilib o‘rilgan qaro soch o‘rimidan bo‘shab to‘shakka hujum qilib uning yarmini mahv etgan edi. Musavvar uyg‘ondi,uyg‘ondiy-yu, unga iztirob bilan boqib turgan ko‘zlarni ko‘rdi. Hamon Shohsuvorning ko‘ylagida turgan qo‘llarini ko‘rib ularni bo‘shatdi, ko‘ylak chunon g‘ijim bo‘lganidan, ko‘ylakning g‘ijimi yozilmadi. Musavvar hijolat bo‘lib o‘rnidan turib o‘tirdi. Uning yoniga Shohsuvor o‘tirdi. Kattalarning so‘zi bilan ular Shunday holga kelishdiki, bir boqishda bir birini tushunadigan muhabbatni so‘z ochishga mavzusiz, so‘zlashga esa so‘zsiz qoldirishgan edi. Nima bo‘lgan taqdirda ham hozir Shohsuvor so‘z ochishi kerakligini bilardi, lekin nima deydi ?
U hech narsa demadi, o‘zini o‘tirgan holida orqaga tashlab, qo‘llarini yoniga cho‘zib yotdi. Qo‘li Musavvarning ko‘ylagi ustiga tushgan sochlarga tegdi. Beixtiyor ularni qo‘li bilan o‘ynadi. Musavvarning ichida tabassum uyg‘ona boshladi. Ular bu ishlar bir soniyaga tinch qo‘yishini juda ham istashardi. Musavvar boshini yozilgan qo‘lga qo‘ydi. Shohsuvor unga qarab turdida, bir on jim turib — Musavvar, boshqa yig‘lamagin!
Shohsuvor uning ko‘zlariga qarar ekan, bag‘riga bosdi.
* * *
Tong. Shohsuvor ishga ketishga tayyorgarlik ko‘rar, och ko‘k ko‘ylagining yengini o‘tqazyotgandi. Musavvar qo‘lida galstuk, unga qarab dedi: — Oyimnikiga borsam nima deysiz ? O‘ylanib - o‘ylanib aytilgan bu so‘zga Shohsuvor bir to‘xtadida, Musavvarga qarab —Mayli, sog‘ingan bo‘lsang! — dedi. Galstugini to‘g‘rilar ekan jilmayib qo‘shib qo‘ydi:—Men nima qilaman keyin. Musavvar — Dadamni, oyimni juda sog‘indim dedi. Shohsuvorni ko‘zlariga termulib. Shohsuvorning galstugini ko‘ylagiga qistirar ekan — Siz bilan ketsam bo‘ladimi dedi.
Shohsuvor soatiga qaradida — Bo‘ladi— dedi. Musavvar xursand bo‘lib Buvisiga aytgani ketdi.
Shohsuvor oynaga qarar ekan, Musavvarni bularning bari tinch qo‘ymayotganini sezdi, u baridan chetlashmoqchi edi . U o‘ziga o‘zi to‘g‘rida, ishda bo‘lsang, yana bu ishlar. Oynadan aksini ko‘rar ekan, qo‘li mushtga aylandi.
Musavvar qo‘lida bir talay buyumlar bilan kirib keldi. Musavvar Shohsuvorga — Hozir, Buvim qo‘ymadilar qudamga deb. Shohsuvor kastyumini kiyib, mashinani kalitini oldi va Musavvar olib kelgan narsalarni olib mashinaga yo‘l oldi. Musavvar ham birozdan so‘ng chiqib, oyisi,yangasi bilan xayirlashdi. Buvisi bergan duvoni olishib yo‘lga tushishdi. Ular chiqib ketishyotganini Muhammad akalarning xonasi ostonasidan, endi uyqudan turib ko‘zlarini uqalab ko‘rib turgan Bek —Yangam ! Yangam dedi-yu yig‘lab yubordi. Ammo ular chiqib ketib bo‘lishgandi. So‘rida o‘tirgan Iymona opa uning oldiga kelar ekan, yupatmoqchi bo‘lib — o‘g‘lim nega yig‘laysiz ertaga keladilar yangangiz oyisini ko‘rib kelsinlar dedi. Ammo yangasini ertaga kelishini eshitgan Begzod battar yig‘lay boshladi. U — yo‘q, kelsin, kelsin deb yig‘lar edi.
* * *
Mashina Begzodni yupatish bilan ovvora bo‘lib hali yopishga ulgurishmagan darvozadan kirib keldi. Buvisi Shohsuvorning mashinasi ekanligini ko‘rdi. O‘rnidan turib ularning salomiga alik olib hovlidan mashina tomonga kela boshladi. Shohsuvor telefonda kimgadir — Bugun borolmayman O‘zing joyimda bo‘lib turgin. Ha bo‘pdi, ertaga aytaman deya gaplashar. Musavvar esa oqarib ketgan yuzida tabassum bilan bir buvisiga, bir Shohsuvorga qarar. Shohsuvor kelib, egilib buvisini quchoqladida qulog‘iga — Buvi tabriklayman! dedi. Buvisi Shohsuvorni quchoqlab o‘parkan dilidan bu so‘zlarni ulardan eshitishni intiqlik bilan kutib yurgani bois intiqib, biroz shoshib ularga ozor berganini sezib quvonch bilan ko‘ziga yosh oldi. — Baraka toping, deya Musavvarni quchoqlab bir dam jim qolib ko‘zyosh qildi, kunsayin umrining oxirlab boryotganidan orzularini qo‘rquv bilan yod etishdan endi ozod bo‘lgani uchun Allohga shukur qildi. Musavvarning yuzlariga endi qon yugura boshladi. Buvisi bildiki, mashinaning hidi yoqmay ko‘ngli behuzur bo‘lgan. Musavvar buvisining nur balqgan yuzlaridan o‘pdi. Buvisi qizim tık oyoqda turmang, yuring o‘tiraqoling deb so‘riga imladi. Buvisi shunchalar xursand ediki ortida Shohsuvorni tabriklar bilan uyaltirib bo‘lgan ikki kelinini-da unutdi. Shohsuvor xonasiga yo‘l oldi. Xonasiga kirib To‘shak yonidagi oynaning oldiga kelib, ikki qo‘lini oynaning turli atirlar terib qo‘yilgan joyiga tayagan holda unga qaradi. Ich-ichidan sevinar va yuzida tabassum edi. Oynaga qarar ekan o‘ng yelkasi osha savlat bilan turgan kitob javonining yuqorisida turgan zarxal QUR’Onga ko‘zi tushdi. Hovlidan esa buvisi, oyisi, yangasining doktrning aytganlariga rioya qilishini Musavvarga uqtiryotganlari eshitilyotgandi. Yo‘lda Musavvarning mazasi bo‘lmagani uchun poliklinikaga olib borgandi, Doktrning tabrigi esa …. Musavvar boshida sarisi bilan pardani ko‘tarib yuzida tabassum porlagancha kirib keldi. Shohsuvor uni dast ko‘tarib oldi. Quvonch porlagan ko‘zlarda esa javoblari tabassumga aylanuvchi suhbat yana davom etmoqda edi. Xona kulgu va tabassumlarga to‘ldi. Hovlidagilarni yangasini kelganini hali ko‘rmay eshik ostonasida maykachasini ters kiyib olib meni yangamga olib boringlar deyotgan Bek kuldiryotgan edi.


Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling