Karomatov akbar
Download 114.37 Kb.
|
Сахройи
UNUTILGAN QAHRAMONLAR
Insoniyat urushni ham unutdi. Tunlari uxlamay ibodat qilgan Buddist, Xristian, Yaxudiy, Islom unutdi. Ko‘zlarida sog‘inch bitgan onalar unutdi. Unutilgan har bir narsa qaytadi, faqat… * * * Urushning unutib bo‘lmas xotiralari, istiroblari, iliq hislarni shavqasiz qonga bo‘yagan johilliklarning majruhlari bugun so‘ngi nafaslarini olmoqda, xotiralari ichida yashayotganlargina xolos. Bu nafaslarning har biri artileriya o‘qining portlashi kabi quloq ostida shang‘illab, bir dam bir nuqtaga tikib qo‘yuvchi xotiralarning orasida cho‘kib bormoqda. Bu nafaslar o‘zlari uchun qurilgan tobut kabi bir kursilarda sassiz, nafas olishlarini unutib qo‘ysada o’zining urush ko‘z oldida otibmi, portlatibmi yoki fashist kalaka qilibmi o‘ldirgan quroldoshi, qizi, o‘g‘li, do‘sti, komandiri yoki yaqin do‘sti sapyor itini xotirlashni unutmay yashaydi. Malla ola-tasir orom kursida go‘dakni yo‘rgaklab qo‘yishgan kabi o‘tirgan Mariya oromkursining ostidagi afcharka itining bag‘ridagi momiq malla yungni eslatuvchi yaltiroq rangdagi polga tikilib o‘y suradi. O‘y suradi-yu ajinlar gul otgan yuzidan ko‘zyoshlari, atirgulning alvon gulbarglari orasidan shabnam sirg‘alib bir gulbargdan ikkinchisiga o‘tib ko‘m-ko‘k barglariga tomgan kabi uning ko‘zyoshi ajinlarni biridan ikkinchisiga o‘tib libosiga qadlgan sanoqsiz medallarning shodalariga tushib sirg‘aladi va g‘oz turgan it surati tushirilgan medalni yuvadi. Uning ko‘zlarida adadsiz dard-sog‘inish aks etsa, ajin bosgan yuzlarida hech bir alomat sezilmas, uni urush va muhabbat shu kuyga solgan. Uning qarib bukchayib qolgan madorsiz jismi bag‘ridagi dard hasratga to‘la yuragining taftini berishga ojiz bo‘lib qolgan edi. Uning ko‘zlari yaltiroq mallarang poldan uzilmas jimitdek jussasi esa bir chuqur nafas olib yana sassiz titrab ko‘zyosh to‘kar edi. U urushda itlarning shifokori bo‘lgan va frontda jasorat ko‘rsatgan sanoqsiz itlarga yordam ko‘rsatgan va ularning hech birini ikkinchi bor qayta ko‘rgan emas. Ular askarlar kabi, hatto ulardan ham kuchli dushmanga zarba berar edi. Ular qo‘yilgan minalarni topishar, yoki o‘zlariga bog‘langan bombalarni dushman tanklari ostiga shiddat bilan yugurib olib kirib, portlatishda jasorat ko‘rsatib, o‘zlari ham halok bo‘lishar edi. Ularning har birini u taniydi. Ular u bilan o‘ynagan, Mariya ham ular bilan o‘yanagan, ba’zida ular Mariyaning hislariga hamdard bo‘lib ko‘zlariga mo‘ltirab boqgan, uni deyishgan sadoqat posbonlari edi. Hozir ham ular uni tushlarida yo‘qlaydi. Ular yana nimagadir shoshilib chopib ketishadi. Hatto, ulardan biri Prinsessa isimli afcharka zotiga mansub bo‘lmagan itni o‘zi davolab oyoqa turg‘azgan edi. U askarlarga minalarni toppish vaqtida orqa oyog‘idan ajralgan, uning oyog‘ini o‘zi kesgani esida. O‘shanda itni operasiya qilishdan ko‘ra qiynamasdan otib tashlashi haqida front askarlari komandiri do‘q qilgan edi. Shunda Mariya bu gaplardan yonib, uning hech kim e’tiroz bilan qarab gapirolmas, jiddiy ko‘zlariga tik qarab – zobit itlar sizlardan ko‘ra vatanga jasurlik bilan xizmat qilyapdi qo‘rqoqlar deb, — qaysing ular kabi o‘zingni qurbon qilding deya. Seni fashistdan farqing nima o‘zi degan edi. Prinsessa oyoqqa turgandan so‘ng uni boshqa itlar kabi dushman tankini portlatishga o‘rgatishdi. U uch oyoqda bo‘lsa ham tez harakat qilar. Mariya esa front ortida jasorat ko‘rsatgan itlarga yordam ko‘rsatar edi. Har bir itni yana frontga yuborar ekan ko‘zyoshlarini to‘xtatolmas edi. Chunki ular baribir nobut bo‘lishar edi, ulardan nom-nishon qolmas edi. Mariyaning kichik jussasi silkinasilkina yig‘lay boshladi, u hansirar ekan tishsiz milki ko‘rinar edi. U to‘satdan yoniga qarab ko‘zlari teranlashib boqa boshladi. U tishsiz milki va g‘arib lablari bilan – Prinsessa dedi-yu, yuziga tabassum yugurdi. Yana yig‘lay boshladi. Chunki u Prinsessani dushman tanki ostiga cho‘loqlana-cho‘loqlana yugurib kirib ketib, tilka-tilka bo‘lganini bilar edi. U o‘kinib-o‘kinib yig‘lar ekan, kechir deya takror-takror aytar. U bir fursat o‘tib esa Oshiq, Shamol, Oqbulut, Bo‘ron deya o‘ndan ortiq itlarni ismini aytib ikki yoniga qarab kechiring-kechiring, deya takror iltijo qilib jussasi tebranib, o‘ksib yig‘lar edi. U yig‘lar ekan bir vaqt sukutda qoldi. Ajinlar bosgan ko‘z milklarida tomchi yosh muallaq qoldi. Mariya so‘ngi nafasini chiqarar ekan ko‘zyoshi o‘z joyidan yumalab ketdi-yu ajinlardan birma-bir shabnam kabi o‘tib ko‘ksidagi medallar shodasidan g‘oz turgan zobit itning jismini yuvdi… Download 114.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling