Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet12/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сахройи

HISLAR QOTILI
O‘ylar, xatolar,g‘amlar amrida
Men jallod,nokasman, isimsiz mahluq. Ammo buyuk hislar g‘arib qabrida Tunlar yig‘layman yupatar yaqub.
Qabrida poklik, vafo, sadoqat, Kechirganmiz sizni, ezilmang deydi. Buni siz aytmang , aytmang siz faqat, Boshingiz to‘nkaga, axir kim qo‘ydi ?
Boshginang to‘nkada deding,ey o‘g‘lon!
Men senga mahram neki qilsang ham, Ammo, qilich urdim boshingga shu on Bir so‘z aytding, seni suyaman hamon!
Nomsiz yaratilgan so‘qir bir kimsa, Orzu! deya nafsning uyida yotdim.
Men seni abading, orzuying desa, Keraksiz buyumdek seni men otdim.
Ey ulug‘ yaratiq bo‘lgan fazilat Sizlarni birma –bir balchiqqa qordim. Mendan istadingiz zarra hamiyat Men nokas esa, dorga obordim.
O‘z qo‘lim bilan birma –bir osib, O‘z aybimga sizni hadiya qildim. Bir tomchi ko‘z yoshga tutaqib-to‘zib, Sizlarni sababchi ayibdor bildim.
Aslida angladim siz-ku yupanchim,
Sizsiz chang,g‘ubor bo‘lib qoldim-ku. Birov puf desa sassiz, uchgum jim.
Iltimos! jonni ol charchab toldim-ku
O‘tinchim ko‘kka qadam qo‘yolmay Makonim bo‘lsin,vayl darasi.
Bir umr mayli o‘tga to‘yolmay, Menga jannat erur, do‘zax sarasi.
So‘zlagim kelar yolvorib yig‘lab, Oldingda tik turib olgan bo‘lsamda.
Oldingga kelganman anchasin qiynab,
Ammo davom etgin lafzdan tonsam-da
GʻASHLIK
Men kimman insonmi ? Bilmadim, Ammo yaxshilikni-da qilmadim.
Boq barisiga ham ko‘nmadim!
Seni dedim men axir tonmadim.
Ar-rohman,alloh, an-nur qutqar, Yana yursam o‘sha tubsiz jar.
Tanam titrar mendan toniblar, Dardlar chetlaydi kelganida har.
Bilmadim, bilmam birmarta boq, Ammo,g‘ashlik va sen yakka toq.
Et kuysa yangisin yopmang shu choq, Och qashqir g‘ashlikdan ko‘ra afzalroq.
Zahim qishning zahar bo‘risi, Ona bo‘ri chaqiring uni.
Gʻajib torsin qora suyakni, Kelgin bo‘ri yurak kerakmi?
Ol tinmasdan tishlagin faqat, Ne qilay axir yetmadi toqat.
Tishlagin qo‘lni, oyoq,ko‘zlarni, Eshitganingda edi aytgan so‘zlarni.
O‘tkirla suyakni tishlaring bilan, Ranglari misoli oq yuzli sanam.
Vaqt shamol bo‘lib kesardi tanam, Men kesay ularni yursa har qadam.
Suyaklar marsiya o‘qisin shunda, Shamollar yig‘lab qochsinlar tunda. Rangsiz zamon ham yig‘lasin kunda,
Ne qilay bu mendan olingan xunda.
Ona bo‘ri yod etguvchi sen, Unutmagin halok bo‘lgan men. Bolang bordir ko‘rdim bag‘ring keng, Meni ham ko‘r yarim insonga teng.
Uvlagin sen titrasin o‘rmon,
Shunda eslashingga qilmayman gumon. Nidolaring tutganda jahon,
Eslay ne bo‘lar bo‘lmasa iymon!
NOMSIZ
Ko‘ksimni tutay xanjarni uring bandiga qadar, Suyaklarim darzi yesin ko‘z-u qaromga qadar. So‘ngra xanjarni torting bag‘rimning farqiga qadar, Bag‘rim oching siz, qonlarim oqsin oromga qadar.
Yurak oling so‘ng ildizlarini birma-bir ezib.
Xorlang! Bo‘lsada uning xo‘p yara-chaqasi mayli! Yolg‘on so‘zlaydi, inonmang qolsangiz rostin sezib, Ko‘zyoshlar yuvsa o‘z yuzin ishonmang, uning zayli.

Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling