Karomatov akbar
* * Kibr bosgan bilmdan chirigan va mog‘or bosgan tafakkur va idrokning isi dimog‘ingizni tutadi. * *
Download 114.37 Kb.
|
Сахройи
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘RTLIKLAR Men sizni eslamay qo‘ysam, Meni eslang sizdan, iltimos. Qaro ko‘z, diydorga to‘ysam, Men qilgayman ko‘klarda parvoz! * * *
- * * * Barcha qo‘llar tutsin qo‘limdan, Falajdirman taniyolaman. Ammo, o‘zim kechirmay bundan, Qo‘llaringni tutmay o‘laman. * * *
* *
Kibr bosgan bilmdan chirigan va mog‘or bosgan tafakkur va idrokning isi dimog‘ingizni tutadi. * * Kibrni ifiri bor bilim yig‘yotgan bo‘lsang, hali hech nimani o‘rganmabsan — yod olibsan xolos. * * Kibr tutgan bilimdan, ixlosi bor besavod afzal. * * Ikki xonadonni qo‘riqlagan it och qoladi, ammo biridan yegan ovqatini ikkisiga ham xizmat qilish uchun sarflaydi. * * Ba’zan dunyoning tutmishlariga so‘z deya turib Allohga arz qilyotgan bo‘lamiz, ba’zan Allohga shukur deya turib o‘tkinchi dunyoga shukur quvonchini to‘kyotgan bo‘lamiz. * * Biz xatolarni tuzatishni emas uni unitishni, halovatni izladik va bu yo‘lda o‘zimizdan boshqa barchani qurbon qildik. Axiyri qalbimizni ham aldashga yetdik. Ey inson, yakka O‘zing qolguvchi qabringda qalbing bilan qolasan-ku, bola kabi qalbing bu dunyoda uni aldaganlaringni bilib qabringda bola kabi yig‘lab, — Men senga ishongandim endi qanday najot topay, deya bola kabi yig‘lasa qanday yupatasan. Yaqinlaring vafot etdi. Bu hayot deya aldading qalbingni. Uni umrbod ko‘rmayman endi demading. Uni nega suhbat qurib dilini bir bor tinglamadim demading, lek birimiz kelamiz birimiz ketamiz deding. Aldading...! TO‘RTLIKLAR Men sizni eslamay qo‘ysam, Meni eslang sizdan, iltimos. Qaro ko‘z, diydorga to‘ysam, Men qilgayman ko‘klarda parvoz! * * * Soniyalar jilovi qani Bo‘lsa edi, shu titroq qo‘lda. Izlamasdan hayotdan ma’ni Yetar edim yo‘l bosib tunda. * * * Barcha qo‘llar tutsin qo‘limdan, Falajdirman taniyolaman. Ammo, o‘zim kechirmay bundan, Qo‘llaringni tutmay o‘laman. * * * Yosh ( sifat ) ko‘zda ko‘zyosh Ko‘zyosh ko‘zda, yosh ( sifat ) Yosh ( sifat ) ko‘zda, ko‘zda yosh ( ot ) Ko‘z ko‘zda yosh-da yosh ( ot ). * * * Ota so‘ziga aql, ahmoq tirrancha. Ko‘rsalar g‘azabda devona, barcha. Duodan binosan o‘zi bir parcha. Otajon, xo‘p degin, o‘rgatma g‘o‘rcha. Qattiq nonni tishlagan tish Yumshoq nonga bir kun yetar. Yumshoq nondan ungan turmush Qattiq nonlar kelsa netar. * * O‘tganlar haqida so‘zlamang sizlar. Ular bizdan yaqin o‘z egasiga. Dyesangiz tinisiz, oxirsiz yig‘lar. Boshin ololmayin zar tegrasiga. * * O‘zing dorni qurib, arqon ham ilib. Dod deb yig‘lashingga hayronman dunyo. Yig‘lama, haqqing yo‘q yuzingni tilib. Rostin aytsam ketmish bizlardan hayo. * * Kapalakka boqsam – uchadi halak. O‘ylayman aylansam, dardsiz kapalak. Lek, kapalakda ham ishq ezar yurak. Der: - “ Yorim ertani ko‘rishi kerak “. * * Xazonlar yuragin tutishib qo‘lga, Aldashar yuragin: Yetamiz bahor. Tun, shamol ularni to‘kishar yo‘lga. Insonlar poyida adodir nahor. * * Kimga keragim bor, bormi keragim? Bir g‘o‘r-u g‘urbatman, naf tegmas kimsa Hayotman lek tanda urar yuragim Bildim, u yurakmas jirkanch bir narsa. Har inson hayoti o‘zga omonat, Asrarlar uni hech qo‘ymaslar tanho. Ammo insonlar bor bergay qanoat, O‘znikini o‘ylamay qo‘yarlar goho. * * Fasllar singlisi kelinchak bahor, Og‘alarin erka, shaddod singlisi. Lek ketar chog‘ida yig‘latar kun bor, Go‘yo shundan kuzning hazin yig‘isi. * * Mening etimni siz yamlarsiz buncha, Ehtiyotkor bo‘ling, sizdan iltimos. Jonim qo‘limdamas hayotim qancha?! O‘limtiklik nomi bo‘lmas sizga mos. * * Gʻam— tegirmon toshining ikki pallasi, Men o‘rtada sarosar aylanarman jim. Ki ko‘rmaganim bo‘lsa ishqning kulbasi, So‘rmasdilar hech soldi bu holingga kim. * * Yomg‘ir derazamdan joyin izlaydi, So‘ngra ko‘zyoshimday ojiz sirg‘anar. U ham men kabi bir yashash istaydi, Lek hayot bizdan bir tunni qizg‘onar. * * O‘sal qilmoq oson shoir zotini, So‘rog‘iga o‘zin itqitib tashlang. Shunda o‘ydan o‘chib, hatto otini, Aytolmay qoladi, ko‘nglini g‘ashlang. Biz tinglab turibmiz, bo‘ling siz xushhol. Ko‘nglimiz yoymoqqa, bu dunyo kichik. Siz yoying biz ko‘rib qolaylik to lol Sizning dengizingiz, biz uchun kechik. Dardlarim to‘ksam yerning yuziga Yer, Tuproq erir, darz ketar, titrar Tiz cho‘kib, yig‘lab qalbning o‘ziga Teraman, kutgin men bilan ketar Boshlandi: SURXONDARYO 2021-yil, (yoz f…). Tugatildi: Toshkent vil. (Qish f…).12.1.2022y. RUBOIY SULAYMON SOLIH SULTON SAHOB USTUNA SAHOB USTUNA SO‘ZLAGANMU XOLIQ USTUNA MO‘JIZASIN HAYRATIDAN TUTIB YOQOSIN AYTGANMIKIN BOYLIGIM QOLSIN XALQUSTUNA TUYUK HAMROHI BO‘LSANG TO‘N YOPADI YARAMAS YAK BO‘LSANG HOLING SO‘RMAS YARAMAS PAYGʻAMBARIM IZDOSHING HIDOYATDA ALLOHIM BU SO‘ZLAR QALBIMDAGI YARAMAS. Download 114.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling