Karomatov akbar


Download 114.37 Kb.
bet13/16
Sana21.06.2023
Hajmi114.37 Kb.
#1638764
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Сахройи

YOMGʻIR
Yomg‘ir eslaysanmi,ikkimiz tanho Yig‘lagandik oppoq o‘rik yonida. Hatto, tun aytgandi, —yosh, boshing qaro Hali shumi holing, umr ayvonida.
Men nodon o‘ylabman mehir- oqibat, Haqgo‘ylik ma’nosi inson so‘zining Doimo to‘rida vafo-sadoqat.
Foydasin ko‘zlamas inson o‘zining.
Ne qilay bahor ham, kuz ko‘rmaguncha Yer halqasin tutib yelkalay deydi. Insonlik har kimda,o‘yladim necha Maylida, nafsiga berilib qo‘ydi.
Shunda tun aytgandi, ortga o‘grilib
Darding qancha yig‘la mayli jar solgin.
Mayli kuyganing ayt,og‘iz to‘ldirib.
Lek dunyo ayblama, jim qo‘ya qolgin.
Sendan avvalgilar o‘tdi, chinqirib Misol: savdogar u ortida rasta.
Lek xaridor bo‘lmas, ko‘hna chig‘iriq. Buki dunyo emas, dilgina xasta.
Shundan nolimayman, un ham chiqarmam. Boqsamki, yonimda ular bir talay
Mehir bermoqqa bir sahro qaqroqman. Ular sof oltin-u mengina qalay.
Ular yig‘lasharkan, ammo bildirmay. Ko‘zlari doim nam yuzda tabassum, Ular yurisharkan savob izlamay.
Ki qalbga tegma sen, allohdir mamnun.

SHIFTGA BOQIBMAN


Bir keling sizni sog‘indim
Keling sizni ko‘rgilarim bor
Termulib xo‘p shiftga ovundim Chiziq, to‘rlar – yo‘l kabi bisyor.
Shiftda turar umrim yo‘llari, Unga boqib o‘ylarga to‘ydim.
Kelsangiz gar shodlik qo‘llari
Quchsa bizni chin baxtga yo‘ydim.
BU KUN!
Okopdan termulgan ko‘zlardan, bu kun
Termulib tik qotgan tanlardan, bu kun
Vatan-chun deyilgan so‘zlardan, bu kun
Jon bermoqda olingan tinlardan, bu kun *
Birin ko‘rmay o‘ni, yo‘qlardan bu kun
Sizlarda, tinchlikning ramziy haykali Sizlarda notinchlik tugun iplari!
Vafoga tiz cho‘kkan qalblardan, bu kun
Chap to‘shin ushlagan qo‘llardan,bu kun
Yanog‘in ko‘rmagan lablardan, bu kun
Dalasida bukilgan bellardan,bu kun *
Begona bo‘lmagan xalqlardan, bu kun Iblisga o‘qtalgan iymon tig‘lari
Siz sabab farqsizdir inson irqlari.
Tanlari olovda kullardan, bu kun!
Tug‘ilib ko‘z yumgan, jimlardan, bu kun
Farzandsiz dalada tullardan, bu kun
Aytilmagan uchburchak sirlardan, bu kun * Yaktag-u to‘n yechgan qurlardan,bu kun.
Xo‘jasi o‘lsada tirik itlari!
Ochlikda to‘q bo‘lgan alloh hurlari!
Bo‘g‘izlarda qolgan unlardan, bu kun Qurolda bitta o‘q o‘qlardan, bu kun Onaizor bedor tunlardan, bu kun!
Ota so‘zin sog‘ingan cho‘g‘lardan, bu kun * Toy! Qaytgan, onasiz kunlardan, bu kun. Sen anglatding bo‘lmas inson turlari Yerda hoking qoldi, jannat pirlari!
ONSON VA YOMON
Ba’zida ko‘z bo‘lib, ko‘zing ko‘rmasa, Jigardan do‘st bo‘lib, do‘st — deb so‘rmasa. Navqiron dil bo‘lsa, sevging bo‘lmasa, Men kimman ? —deyishing onson bo‘larkan.
To‘rt satrlik she’r bitib, darding unutib,
Ko‘zyoshini ko‘zda g‘ururla tutib, Hammasini dilga, yurakka yutib,
Lek ular uyg‘onsa yomon bo‘larkan.

Download 114.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling