Kartalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi va transkripsiya masalalari
Download 442.29 Kb.
|
1 -Маъруза
Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rganadi, kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi kartografik toponimika – geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Dunyo mamlakatlarida har xil tilda gapiradigan millatlar juda ko’p. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida rus tilida Gruziya, Kavkaz Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari deb yozilib kelgan.Agar geografik obyekt bir qancha mamlakat hududidan o’tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo’lsa, uning nomini har bir mamlakat o’z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlar Dunerya, vengerlar – Duna, nemislar Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Nahr Dajla va Al-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o’tishi bilan o’zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg’ona, Avliyoota-Jambul-Taraz, Kaufmanskoe-Yangiyo’l, Leningrad-Sankt-Peterburg va boshqalar.Geografik nomlar kartalarda asosan to’rt xil shaklda beriladi: mahalliy, rasmiy shaklda, fonetik, an’anaviy shakllar va tarjima qilib yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda – obyekt qaysi mamlakat hududida joylashgan bo’lsa, shu davlatning tilida va qabul qilingan alifbosida yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda yozilgan nomlar to’g’ri yozilgani bilan noto’g’ri talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, Vengriya davlatining poytaxti – Budapest (Budapesht) shahrini, inglizlar bilan fransuzlar noto’g’ri Budapest deb talaffuz qilishadi. Fonetik shaklda talaffuz qilish boshqa, yozilishi boshqa bo’ladi. Masalan, Fransiyaning poytaxti Parij - Pari deb, xuddi shunday Rossiyadagi Oryol shahri Aryol deb talaffuz qilinadi.Geografik nomlar kartalarda asosan to’rt xil shaklda beriladi: mahalliy, rasmiy shaklda, fonetik, an’anaviy shakllar va tarjima qilib yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda – obyekt qaysi mamlakat hududida joylashgan bo’lsa, shu davlatning tilida va qabul qilingan alifbosida yoziladi. Mahalliy rasmiy shaklda yozilgan nomlar to’g’ri yozilgani bilan noto’g’ri talaffuz qilinishi mumkin. Masalan, Vengriya davlatining poytaxti – Budapest (Budapesht) shahrini, inglizlar bilan fransuzlar noto’g’ri Budapest deb talaffuz qilishadi. Fonetik shaklda talaffuz qilish boshqa, yozilishi boshqa bo’ladi. Masalan, Fransiyaning poytaxti Parij - Pari deb, xuddi shunday Rossiyadagi Oryol shahri Aryol deb talaffuz qilinadi.Download 442.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling