Kartadagi yozuvlarni guruhlarga bo’lish toponimlar – kartografik obyektlarni geografik nomlari bo’lib, oronimlarga – relyef elementlarining nomlari, ya’ni tog’lar, tepaliklar, tog’ cho’qqilari va boshqalar; gidronimlar – suv obyektlarini nomlari: daryolar, dengizlar, kanallar va boshqalar; etnonimlar – etnoslar nomlari va zoonimlar – hayvonot turlarini nomlari kartografik obyektlarga tegishli bo’lgan tushuncha bo’lib, har xil shakllarda bo’lishi mumkin. Masalan, proyeksiya, karta, masshtab, qo’ltiq va boshqalar. Kartadagi tushuntirish yozuvlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: - sifat ko’rsatkichlarni (“achchiq”, “chuqur”, “terak”, “qum”);
- miqdor ko’rsatkichlarni (absolyut balandliklar, suv oqimini tezligi, chuqurligi va boshqalar);
- xronologik yozuvlarni (voqea sodir bo’lgan vaqt, geografik sayohat bo’lgan vaqtlar, suv ko’payish va kamayish vaqti);
- chiziqli belgilarga tushuntirish xatlarini (dengiz va temir yo’llarda tashiladigan yuklar, Magellanni sayohati);
- koordinata to’rlarini ko’rsatuvchi raqamlar va ularni nomlarini (Grinvichdan sharqda yoki g’arbda, janubiy va shimoliy qutb chizig’i) va boshqalarni.
3. KARTOGRAFIK TOPONIMIKA HAQIDA TUSHUNCHA. GEOGRAFIK NOMLARNI AJRATISH VA KARTADA KELTIRISH Karta tuzishda geografik nomlarni to’g’ri yozilishiga, ya’ni transkripsiyasiga alohida e’tibor beriladi. Yirik kartografik tashkilotlarda maxsus transkripsiya bo’limlari bo’ladi. Ular kartadagi geografik nomlarning to’g’ri yozilishiga javob beradi va ma’lumotnomalar hamda lug’atlar chop etadi. Kartalardagi yozuvlar ana shu ma’lumotnoma va lug’atlar asosida yozilishi shart. Kartalardagi beriladigan geografik nomlar aniq va to’g’ri yozilishining ahamiyati kattadir. Agar geografik nomlar to’g’ri yozilmasa o’quvchilarda kartaga nisbatan ishonchsizlik tug’iladi. Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rganadi, kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi kartografik toponimika – geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Dunyo mamlakatlarida har xil tilda gapiradigan millatlar juda ko’p. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, sobiq Ittifoq davrida rus tilida Gruziya, Kavkaz Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari deb yozilib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |