Kartalardagi yozuvlar va geografik nomlarning yozilishi va transkripsiya masalalari

Download 442.29 Kb.
bet3/10
Sana17.12.2022
Hajmi442.29 Kb.
#1026729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 -Маъруза

Geografik nomlarning kelib chiqishi, mazmuni, o’zgarishi va tasnifini maxsus fan toponimika o’rgatadi. Biz kartografiyada faqat toponimikaning bir qismi geografik nomlarning to’g’ri yozilishi to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Ba’zi mamlakatlarda har xil tilda gapiradigan millatlar bo’ladi. Bunday mamlakatlarda geografik nomlar har xil yoziladi. Masalan, SSSR davrida rus tilida Gruziya, Kavkaz, Kura deb yozilsa, gruziya tilida Sakartvelo, Kavkasioni, Mtkvari yozilib kelgan. Agar geografik obyekt bir qancha mamlakat hududidan o’tsa yoki har bir mamlakat doirasida joylashgan bo’lsa, uning nomini har bir mamlakat o’z tilida yozadi. Masalan, Dunay daryosini bolgarlar va yugoslavlar Dunav, ruminlar Dunerya, vengerlar-Duna, nemislar Donau deb yozadilar. Dajla va Furot daryolari arablarda Nahr Dajla va Al-Furat deb, turklarda Dijle va Firat deb yoziladi. Vaqt o’tishi bilan o’zgargan nomlar hozirgi shaklida yoziladi. Masalan, Skoblev-Farg’ona, Avliyoota-Jambul-Taraz, Kaufmanskoe-Yangiyo’l, Leningrad-Sankt-Peterburg va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi joy nomlari-toponimlarining yozilish qoidalarini ishlab chiqish, ularning o’zbekcha talaffuz shakllarini aniqlash va yozilish shakllarini standartlashtirish, qat’iylashtirish, xorijiy mamlakatlar geografik nomlarining o’zbekchada yozilish shakllarini aniqlash va transkripsiya qilish ishlari O’zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasi huziridagi Geodeziya, Kartografiya va Davlat kadastri bosh boshqarmasi (O’zgeodezkadastr) bajaradi.

2. YOZUVLARNI AHAMIYATI VA TURLARI. YOZUVLAR – SHARTLI BELGILAR SIFATIDA. YOZUVLARNI XUSUSIYATLARI

Download 442.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling