Kartografik generalizatsiya reja Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari Generalizatsiya turlari
Kartaga olinayotgan ob’ekt (yoki hudud) xususiyatlari
Download 485.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Kartografik generalizatsiya reja Kartografik generalizatsiya va
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Generalizatsiya turlari
Kartaga olinayotgan ob’ekt (yoki hudud) xususiyatlari. Ushbu omilning
generalizatsiyaga ta’siri kartada o’sha obektning yoki hududning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirish, eng xarakterli elementlarni berish zaruratida ko’rinadi. Masalan, qurg’oqchil dasht yoki chala cho’l hududlarda mayda ko’llarni ko’rsatish juda muhim, ba’zan generalizatsiya vaqtida ular hatto kattalashtirib beriladi. Ko’l ko’p bo’lgan tundra landshaftlarida ko’llardan ayrimlarini tushirib qoldirsa ham bo’ladi, ammo bunda hududning serko’lligini saqlab qolib uni to’g’ri aks ettirish kerak. Shuni takidlash lozimki, obektni o’rganilganlik ham generalizatsiyaga ta’sir etadi. Obekt yetarli darajada o’rganilganda tasvirlash maksimal darajada to’liq (kartaning ushbu masshtabi va maqsadi uchun) bo’lishi mumkin, material yetishmaganda esa u muqarrar, umumlashgan va sxematik tarzda bo’lib qoladi. Bu jihatdan qaraganda to’liq bo’lmagan manbalar asosida tuzilgan prognoz va gipotetik kartalar ancha umumlashgan bo’ladi, chunki bunda obekt hali to’liq o’rganilmagan uning tarqalish qonuniyatlari to’g’risida faqat taxminiy ma’lumotlar bo’ladi. Generalizatsiya uchun kartalarning jihozlanishi ham ahamiyat kasb etadi. Ko’p rangli kartalar (bir xil, teng sharoitda) oq-qora kartalarga qaraganda ancha ko’p miqdordagi belgilarni ko’rsatishga imkon beradi. Rangli gullashlar, izoliniyalar, belgilar yaxshi tanlab olinsa, bitta kartada karta o’qilishi uchun ziyon keltirmasdan oltitagacha bir-birini qoplaydigan belgilarni birga qo’shib ishlatish mumkin. 2. Generalizatsiya turlari Generalizatsiya qilishda sifat tavsiflarini umumlashtirish keng qo’llaniladi, ularning farqlarini kamaytirish har doim tasniflash belgilarini umumlashtirish bilan bo’liqdir. Masalan, obzor kartalarda ko’pchilikni tashkil etadigan o’rmon daraxtlarining turlari o’rniga yagona o’rmon belgisi beriladi, geologik kartalarda yirik masshtablardan mayda masshtablarga o’tishda svita va yaruslarni bo’limlarga qo’shib yuborish bilan stratigrafik bo’linishlar umumlashtiriladi, so’ngra bo’limlar tizimlariga qo’shiladi va h.k. Miqdor tavsiflarini umumlashtirish tasvirlanayotgan hodisaning miqdor gradatsiyalarini (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga o’tishdagi izchillik) yiriklashtirishda, uzluksiz shkalalardan pog’onalilarga o’tishda namoyon bo’ladi. Bunga topografik kartalarni generalizatsiya qilishda relefning kesim balandligini kattalashtirish (orttirish) yoki aholi punktlarini yashovchilar soni bo’yicha guruhlashni yiriklashtirish misol bo’lishi mumkin (33-rasm). Download 485.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling