Kartografik generalizatsiya reja Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari Generalizatsiya turlari
Download 485.1 Kb. Pdf ko'rish
|
Kartografik generalizatsiya reja Kartografik generalizatsiya va
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-rasm.
- Konturlarni birlashtirish
33-rasm. Gorizontallar usuli
bilan tasvirlangan relefni masshtab asosida generalizatsiya qilish. a—1:200000 masshtabdagi boshlang’ich tasvir; b — 1:500 000 masshtabdagi tasvir; d — 1:1 000 000 masshtabdagi tasvir. Kartaga olinayotgan obektlarni tanlab olish — bu kartada uning maqsadi, mazmuni va masshtabi hamda kartaga olinayotgan hududning xususiyatlari nuqtai nazaridan muhim va zarur bo’lgan obektlarni qoldirish demakdir. Tanlab olish sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirish bilan uzviy bog’langan va legenda yangi yiriklashtirilgan bo’linishlarga bo’ysindirilgan bo’ladi. Tanlab olishda ikkita miqdoriy ko’rsatkichlardan, ya’ni senz va normalardan foydalaniladi (34-rasm). 34-rasm. Norvegiya kartasida fiord qirg’og’ining tasviri: a — 1:300 000 masshtabdagi boshlang’ich tasvir; b — 1:1 000 000 masshtabgacha kichraytirish vaqtida maqsadga muvofiq umumlashtirish (qirg’oq xarakteri, tektonik chiziqlar bo’yicha orollarni orientirovkasi va ilgargi muzliklarning harakat yo’nalishi to’g’ri ko’rsatilgan); d — unchalik yaxshi chiqmagan umumlashtirish Geometrik qiyofasini, yani tashqi ko’rinishini, konturini soddalashtirish (o’zgartirish, osonlashtirish) tasvirni turli detallaridan, konturlarning uncha katta bo’lmagan burilishlaridan voz kechish, chegaralarni to’g’rilash va boshqalar kiritiladi. Konturlarni birlashtirish — generalizatsiyaning geometrik namoyon bo’lishining bittasi ajratib olingan konturlarni guruhlash bilan bog’liq. Kartada konturlar birinchidan hodisalarning sifat va miqdor gradatsiyalarini umumlashtirish va legendaning bo’linishlarini yiriklashtirish natijasida, ikkinchidan esa, bir qancha mayda konturlarni bir-biriga qo’shib, bitta yirik kontur hosil qilish oqibatida sodir bo’ladi. Shunday, birorta foydali qazilma konlarini alohida, uncha katta bo’lmagan arealini generalizatsiya qilish davomida bitta yagona areal qilib tasvirlash mumkin. Generalizatsiyaning aniqligi va sifati ikki jihatdan: kartalarning geometrik aniqligi nuqtai nazaridan va kartalarning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi. Geometrik aniqlik - bu kartadagi alohida nuqtalarni va obektlarni ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o’lchov bo’lib, geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin. Kartaning mazmunan ishonchliligi - bu real borliqning kartografik tasvirining asosiy xususiyatlarini va obektlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir. Har xil joylashgan voqea va hodisalarni generalizatsiya qilishda punktlarga joylashtirilgan obektlar sifat va miqdor tavsiflarini tsenzlar va tanlab olish normalarini qo’llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obektlar ham generalizatsiya jarayonida tsenzlar va normalarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni talab etadi. Chiziqli obektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishning muhim elementi ularning suratlarini to’g’rilash va soddalashtirish, turli bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo’rttirib ko’rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli obektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o’lchamlari bilan taqqoslaganda bo’rttirib (oshirib, ko’paytirib) berish bilan bog’liq. Maydon uzra joylashgan obektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo’li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko’rinishini) to’g’rilab qo’yishda namoyon bo’ladigan generalizatsiyaning geometrik jihatlari nihoyatda muhimdir. Bunda mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo’shib yuboriladi, ko’pchilik hollarda esa yagona areal konturi bilan almashtiriladi. Agar hodisa kartada izoliniyalar yordamida ko’rsatilgan bo’lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ularni o’zaro muvofiqlash ishlari bajariladi. Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan obektlar nuqtalar og’irligini yiriklashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu obektlar sifatli fon yoki areallar usuli bilan ko’rsatilgan bo’lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Download 485.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling