32-rasm. Masshtab o’zgarishi bilan aholi punktlarini generalizatsiya qilish misolida
alohida obektlarni ularni jamlovchi belgilar bilan almashtirish:
a — alohida binolar (masshtab 1: 10 000); b — kvartallar (masshtab 1: 50 000); d — umumiy
kontur (masshtab 1: 300 000); e — punson (masshtab 1: 1 000 000).
Mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli kartada bo’lgan
hamma
voqea va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas,
shuning uchun ularni saralash,
umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo’ladi. Karta masshtabi qisqarishi
bilan fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta’sir qiladi, yirik masshtabli
kartalar uchun muhim bo’lgan obektlar (masalan, maxalliy orientirlar) mayda masshtabli
kartalarda o’z ahamiyatini yo’qotadi va ular chiqarib tashlanishi lozim.
Kartalarning mavzui va tipi. Kartalarning mavzui va tipi kartada qaysi elementlarni
mufassal, qaysilarini esa ancha sezilarli darajada umumlashtirib
tasvirlash kerakligini
belgilaydi. Geologik yoki tuproq kartasida gidrografik to’rni aniq tasvirlash muhim, lekin
yo’llarni va aholi punktlarini, kuchli
generalizatsiya qilish mumkin, ma’muriy
chegaralarni esa butunlay tushirib qoldirsa bo’ladi. Lekin, ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi
kartalarda
buni aksi, ya’ni aholi punktlari, aloqa yo’llari va ma’muriy bo’linishni to’liq
ko’rsatish zarur. Xuddi o’sha paytda kema qatnovi uchun muhim bo’lgan
daryolarni
saqlab qolib, qolgan gidrografik to’rni esa generalizatsiya qilib ko’rsatish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: