Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va boshlang‘ich


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

21-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va boshlang‘ich
kasaba uyushmalari tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan
bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish adliya
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
11

12-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi
Qonunining 
21 — 26-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-
sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi 
nizom
.
22-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari bayroqqa, timsolga, ramziy bayroqqa va boshqa
ramzlarga ega bo‘lishi mumkin. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari davlat
ramzlari bilan bir xil bo‘lmasligi kerak.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan
tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi


nizom
.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining ramzlari ularning rahbar organi tomonidan
ustavga muvofiq tasdiqlanadi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
23-modda. Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va
boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini
tugatish
Kasaba uyushmalarini, ularning birlashmalarini, bo‘linmalarini va boshlang‘ich kasaba
uyushmalari tashkilotlarini qayta tashkil etish ustavda belgilanadigan ular rahbar organining
qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba
uyushmalari tashkilotlarining faoliyatini tugatish ular rahbar organining qaroriga binoan yoki sud
tartibida amalga oshiriladi.
Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba
uyushmalari tashkilotlarining faoliyati ma’muriy tartibda tugatilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin
emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
49-moddasi 
va O‘zbekiston Respublikasi
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
36-moddasi
.

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling