Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

26-modda. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va
boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining tadbirkorlik faoliyati
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari va
boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ta’sis hujjatlarida belgilangan tegishli maqsad
hamda vazifalari doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan bo‘linmalari va
boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari o‘z ta’sis hujjatlarida belgilangan maqsad hamda
vazifalariga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat
tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, turli jamg‘armalar shakllantirish
huquqiga ega.
6-bob. Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining, bo‘linmalarining va boshlang‘ich
kasaba uyushmalari tashkilotlarining huquqlari
27-modda. Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish
masalalarini hal qilishda ishtirok etishga bo‘lgan huquq
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari aholi bandligini ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish
masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga
doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga da’vo arizasi, shuningdek sud
buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi
normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishga bo‘lgan huquq
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish
sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.
Xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari majburiy
tartibda tegishli kasaba uyushmasi yoki kasaba uyushmalari birlashmasi bilan kelishib olinishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 
8-moddasi
.

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling