Kasaba uyushmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa shartnomalari va


Download 163.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana20.09.2023
Hajmi163.72 Kb.
#1681838
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
O‘RQ-588-сон 06.12.2019. Kasaba uyushmalari to‘g‘risida

29-modda. Jamoa muzokaralarini olib borishga hamda jamoa shartnomalari va
kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan huquq
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari
tashkilotlari manfaatlari ular tomonidan ifoda etilayotgan xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini
olib borishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishga bo‘lgan ustuvor huquqqa egadir.
Ish beruvchining vakili bo‘lgan shaxslarning xodimlar nomidan jamoa muzokaralarini olib
borishi hamda jamoa shartnomalari va kelishuvlarini tuzishi taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
VIII bobi
 
.
30-modda. Bandlikka ko‘maklashish sohasidagi huquqlar
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari davlat bandlik dasturlarini ishlab chiqishda
ishtirok etish, bandlikni ta’minlash, shu jumladan yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish va mavjudlarini
saqlab qolish, tashkilotlarning faoliyatini yaxshilash, xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod
etilishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining 
17-moddasi
.
Ish beruvchi xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi tegishli kasaba uyushmasiga yoki
kasaba uyushmalari birlashmasiga xodimlarning ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi ehtimoli


to‘g‘risida o‘z vaqtida, kamida ikki oy oldin axborot taqdim etadi va ishdan ozod etish oqibatlarini
yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda
ishdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish haqidagi
takliflarni mahalliy davlat hokimiyati organlari ko‘rib chiqishi uchun kiritish huquqiga ega.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jamoa shartnomasida yoki kelishuvida nazarda tutilgan hollarda, tegishli kasaba
uyushmasining yoki boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining oldindan roziligini olmasdan
turib mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, agar
qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
(30-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 163.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling