Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik
Download 104 Kb.
|
ZAKAZ MUSTAQIL ISH E.M.B.U
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi. 5.Qishloq mehnatkashlari mehnat rejimidagi jismoniy tarbiyaning xususiyatlari.
MAVZU: KASBIY-AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIK (tanlangan kasb bo'yicha jismoniy mashqlarning ahamiyati) REJA: 1.Mehnat faoliyati tartibida jismoniy tarbiya. 2.Gigienik gimnastika. 3.Jismoniy tarbiya pauzasi. 4.Faol dam olish jismoniy tarbiya daqiqasi va mikropauzasi. 5.Qishloq mehnatkashlari mehnat rejimidagi jismoniy tarbiyaning xususiyatlari. 6.Ishdan keyingi tiklanishga yo‘naltirilgan jismoniy tarbiya. Ijtimoiy tadqiqotlar sport bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat unumdorligi sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3-8% ga yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Butun mamlakat miqyosida shuning o‘zi katta iqtisodiy foyda beradi. Bevosita mehnat tartibida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sakkiz soatli ish kuni ancha sezilarli charchashga olib keladi, shu sababli ish kuni davomida kuchni saqlash uchun mehnat va faol dam olishni optimal navbatlash tartibini yaratish kerak. Faoliyatning bir turidan boshqasiga yoki jismoniy mashqlarni bajarishga o‘tish charchagan organizmning tiklanishiga qulay imkoniyat yaratadi. Mehnat tartibiga u yoki bu jismoniy tarbiya turini kiritish ish qobiliyati dinamikasiga bog‘liq holda aniqlanadi. Insonning ish qobiliyati ish kuni davomida tebranib (o‘zgarib) turadi. Dastlab u past (ishga kirishish davri) bo‘ladi, keyin ko‘tariladi va yuqori darajada (mustahkam ish qobiliyati davri) saqlanadi, undan keyin yana pasayadi (kompensatsiyalangan charchash davri). Bunday o‘zgarish bir ish kuni davomida ikki marta – tushlik tanaffusgacha va undan keyin takrorlanadi. Ba’zan ish kunining oxirida ish qobiliyatining bir oz ortishi kuzatiladi. Ish qobiliyati fazalarining ketma–ketligi ish kuni davomida turli shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi . Bunday sharoitlarga quyidagi tashqi omillar: ishlab chiqarish faoliyati xususiyati, ma’naviy-ruhiy yuklama, genetik shart-sharoitlar, ishchining malakasi va mahorati, jinsi, ish staji va organizmining jismoniy holati kiradi. Ichki omillar, birinchi navbatda, organizmning turli organlari va tizimlarining holatini o‘z ichiga oladi. Ish kuni davomida ish qobiliyati o‘zgarishining (ko‘rsatilgan tipik variantdan tashqari) quyidagi beshta asosiy variantlari o‘zaro farqlanadi: 1.Engil jismoniy uklama bilan, konveyerda – uning optimal tezligida ishlaganda ish qobiliyatini doimo oshira borish; 2.Kunning birinchi yarmida ish qobiliyatini oshirish, keyinchalik yuqori darajada nisbatan stabillik va asta–sekinlik bilan pasaytirish; bunday vaziyat murakkab boshqaruv pultida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga xos; 3.Kunning birinchi yarmida va tushlikdan keyin ham charchashning nisbatan tez o‘sib borishi; bunday vaziyat jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganlarda kuzatiladi; 4.Tezkorlik bilan yuqori ish qobiliyatiga erishish, keyin uning pasayishi va ish kunining qolgan qismida past darajada saqlanishi; bunday vaziyat ishchining kuchaytirilgan diqqat-e’tibori hamda qo‘llar bilan tez va aniq harakat qilishi jarayonida, o‘ta yuqori jismoniy kuchlanish bilan ishlaganida vujudga keladi; 5.Ish kunining deyarli boshida birdaniga ish qobiliyatining keskin pasayishi; bunday hol o‘z mazmuniga ko‘ra murakkab ishdagilarga yoki oddiy, biroq tezkor tempda ishlaydiganlarga xos. Biroq ishlab chiqarishning aniq bo‘limida ish qobiliyatini optimallashtirish vositalarini tanlashda uning faqat ish smenasi davomida emas, balki sutka davomida, hattoki hafta davomida o‘zgarishini ham inobatga olish kerak. Ish qobiliyati hafta davomida ham o‘zgarib boradi. Dushanba kuniga moslashish bosqichi, seshanba, chorshanba va payshanba kunlariga – yuksak ish qobiliyati mos keladi, shanba va yakshanba kunlarida esa charchash namoyon bo‘ladi Butun ish kuni davomida xizmatchi ish qobiliyatining yuksakligini va turg‘unligini yaratish masalasi mehnatni ilmiy tashkil etish (MITE)ning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasining shakllari bunga xizmat qiladigan eng ta’sirchan vositalar hisoblanadi. Ko‘p yillik tajriba va ilmiy tadqiqotlar boshlang‘ich gimnastika ta’siri ostida moslashish davrining qisqarishi, organizmda fiziologik jarayonlar sodir bo‘lishining tezlashishi, organizmning ish bajarishga tayyorlik darajasi ortishidan dalolat beradi. Masalan, yuqori malakali ishchilarning kun tartibiga boshlang‘ich gimnastika kiritilganidan keyin moslashish davri 60 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqaradi. Shu bilan bir vaqtda, dastlabki yarim soat davomidagi mehnat unumdorligi 13,2 % ga ortadi. Agar bevosita ish qobiliyati pasayishi arafasida jismoniy tarbiya tanaffusi yoki jismoniy tarbiya daqiqasi o‘tkazilsa, u holda bu tadbir bilan ish qobiliyatini oldingi erishilgan darajasida ancha uzoq vaqt saqlab turish mumkin. Masalan, konveyerda ishlaydigan tikuvchilarning ish unumdorligi jismoniy tarbiya tanaffusi o‘tkazilganidan keyin bir soat davomida bunday tanaffus o‘tkazilishidan oldingisiga nisbatan 6 %ga yuqori bo‘lgan. Umuman, jismoniy tarbiyani turli shakllarda ishlab chiqarishga tatbiq qilish mehnat unumdorligining ortishi, ishchi va xizmatchilar jismoniy rivojlanishining yaxshilanishi, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning kamayishi, Download 104 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling