Kasbiy munosabatlar psixologiyasi


Muomala, salomlashish va tanishish me’yorlari


Download 60.24 Kb.
bet7/18
Sana02.01.2022
Hajmi60.24 Kb.
#190400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
kasbiy psixologiya

6. Muomala, salomlashish va tanishish me’yorlari


Umumqabul qilingan axloq qoidalari majmuyida ayol kishi bilan uchrashganda birinchi erkak kishi, yoshi katta bilan uchrashganda birinchi kichik, lavozimi yuqori bilan uchrashganda birinchi lavozimi kichik salomlashadi, deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, rahbar qo‘l ostidagilar, sherik o‘zi bilan salomlashishini kutib o‘tirmasligi ke rak, o‘z suhbatdoshingiz bilan birinchi bo‘lib salomlashing.

Hamkasblarga nisbatan muomala tarzi jamoadagi munosabatlarning umumiy tarzi bilan belgilanadi. Xizmatdoshlar bilan ismi va otasining ismi (siz ularni bilishingiz shart) yoki familiyasini aytib (bunda siz albatta «janob» yoki «o‘rtoq» qo‘shimchasini qo‘shib) murojaat qilishingiz afzaldir. «O‘rtoq»ning o‘rniga «janob» deb sun’iy ravishda ulug‘lashga intilmang – bu talaffuz etishning madaniy qoloq ekanligidan dalolat beradi. Faqat ismi bilan otining ustiga qisqartirilgan holda murojaat etishni suiiste’mol qilmang – bu amerikacha odat – bu faqat yengil taqchillikni bildiradi, xolos. Bizning mamlakatimizda azaldan kishilarni ismi va otasining ismi bilan hurmatlab murojaat qilish odat tusiga kirgan, an’analarimiz shunday.

Eng yaqin xodimlarga nisbatan, agar ular yosh bo‘lsa va bunday muomalaga qarshi bo‘lmasa, ismini aytib murojaat qilish mumkin.

Ish jarayonida qo‘l ostingizdagilarga hurmat bilan murojaat qiling. «Sen» deb murojaat etishga faqat u o‘zaro bo‘lsa yoki norasmiy munosabatlar bilan yuzaga kelgan vaziyatlardagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Notanish kishilar bilan ish uchrashuvi vaqtida o‘zingizni o‘zingiz tanishtiring yoki uchrashuv uyushtirgan kishi vositachiligi orqali tanishing. Agar siz mehmon bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib o‘zingizni tanishtiring. Erkak kishi ayol kishiga har doim birinchi bo‘lib o‘zini tanishtirishini yodda tuting. Yoshi kichikroq erkak yoki ayol yoshi kattaroqlarga o‘zlarini tanishtirishlari kerak, aksincha bo‘lmaydi. Biron kishini tanishtirishdan avval ikkala tomon ham tanishishni istashiga ishonch hosil qilish foydalidir.


Download 60.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling